ISHON Sukunat qa'ridan sado beramiz, Hurlik,deya hayqirib zulm yuziga. Biz zolim ataymiz o'zbek poshshosin, Va tikka qaraymiz uning ko'ziga. Bizda bor engilmas so'zning qudrati, U yo'l ochib borar hursevarlarga. U mangu hamrohdir chin insonlarga, Uning bagrikengdir erksevarlarga. Uchmaymiz biz aslo dunyo ishiga, Bizning e'tiqodni sindirolmas hon. Bizning yo'limizdir haqqa erishmoq, Va bu yo'lda do'stim bizlarga ishon!
|