Ризобек Среда, 2025-08-20, 13.48.23
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Январь » 7 » Siz ham o'zingizga o'zingiz hisob berasizmi?
    11.04.04
    Siz ham o'zingizga o'zingiz hisob berasizmi?
    Har gal erta tongda turar ekanman,o'yga tolaman.Kecha atrofimdagi insonlarga,o'zim yashayotgan jamiyatga nima naf keltirdim,bugun nima qilsam o'zgalarga,umuman butun borliqqa foydam tegarkin,deya o'z-o'zimdan so'rayman.
    Oqshom chogi,tunda uyquga yotishdan avval ham shu kabi savollarni o'zimga o'zim beraman.Kimnidir noo'rin ranjitmadimmi,ko'ngil qolarli nojo'ya so'z aytib dillarni ogritmadimmi?
    Goho qilgan,qilayotgan harakatlarimdan ko'nglim to'lsa,ko'proq o'zimning ishlarimdan qoniqmayman.
    Kecha Umar Hayyom,Hoja Ahmad Yassaviy asarlaridan biroz bahramand bo'ldim,zamondosh adiblardan Jahongir Muhammad asarlaridan mutoala qildim.Menga kimlarningdir asarlaridan,qilayotgan ezgu amallaridan naf etyapti.Men ulardan foydalanyapman.O'zimchi? Olganga yarasha biror-bir naf etkaza,bera olyapmanmi?
    Shu va shu kabi sarhisob bilan yashayman.Sizchi?

    Men sizni bilmayman va tanimayman,
    Nimalar o'ylaysiz sizning ishingiz.
    Biroq savol berib,o'zimga-o'zim,
    So'rayman behuda aytmadimmi so'z.

    Bir ogiz so'z qadri goyatda yuksak,
    Uni aytmoqlikka haqqimiz bormi?
    Necun haq turganda chappa yo'llardan,
    Borishimiz do'stim ayting bakormi?

    Rizo OBID

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz