Lafz halol.deyishgan ota-bobolar, Unutib qo'ymadikmi,bugun biz uni. Va'dalar beramiz qop-qopdan ham ko'p, Lekin amaldachi Samarqanddan top. Gohida o'tirib o'yga tolaman: Qayoqdan yuqdiykan bundayin illat. Bugun o'zbek juvoni bedinga mahram. Endi o'zbek,degani qandayin millat? Maqtanib qo'yadi minbardan turib, Ayolin topshirib iflos to'shakka. Yana aytadiki:''men halol yigit'', Aslida u harom o'hshar eshakka. U emish bizlarga saboq beruvchi, Haqgo'ylik va yana yurtsevarlikdan. Ilohim asrasin,deyman yopiray, Sen kabi hudodan behabarlikdan! Rizo OBID
|