Unda-bunda goyat ko'p gaplarga duch kelyapman.Va yo alhazar,deya hayratdan yoqa ushlab qolyapman.Odamlar bir-birovlarini hozirda bo'gizlashga tayyorday go'yo.Bunday odamzot nasliga yot bo'lgan illatlar qayoqdan paydo bo'lyapti. Eng asosiysi hamda achinarlisi bunday bir-biriga munosabat avallari hayoli-iboli,andishali,or-nomusli hisoblangan,bagrikenglikda dongi ketgan o'zbek millatdoshlarimiz orasida ro'y berayotgani kishini goyat achintiradi va tashvishga soladi. O'vro'pa mamlakatida Vatandan olisda yashab turib bir-birining qadriga etish lozim bo'lgan bir pallada ularning guruh-guruhlarga ajralib olib,bir-biriga qarshi kurashi kishini nafaqat taajublantiradi balki afsuslantiradi.Millat tanazzulga uchraganidan,milliy qadriyatlar o'rnini qandaydir moddiy va martaba yo'lidagi tashnaliklar egallaganidan dod solging keladi.Biroq osmon uzoq ,er qattiq ,deganlaridek,ohlar etib bormaydi bundayin qalb ko'zi yopilib qolganlarga.Afsusdan boshqa nima ,deyishni ham bilmaysan.Faqat hammamizga hudo insof bersin,deya olamiz holos. Rizo OBID