Odamzotning f'eli shunaqa, Ishonch doim turar panada. Hurmatini qilsang joyida, Senga boqar u zaharhanda. Issiq yoqmay qolar gohida, Yoqmay qolar sovuq ham bizga. Shirin so'zlar aytsang kishiga, U aylanar goh betamizga. Shu boisdan do'stim do'st tutgin, Olloh so'zin va uning o'zin. Shunda senga yaratgan egam, Ochar olam mehrining ko'zin. Rizo OBID
|