''A'',deb so'z aytishga choglanishingiz bilan bir million nobop so'zlar to'kib tashlaydigan andishasizlar ko'payib ketganidan ulardan qochib emas,balki ular bilan behuda so'zbozlik qilishdan tiyilish ilinjida garchi bu sohadan ancha yiroq bo'lsamda baholiqudrat o'z sahifamni ochishga jazm etdim. Boshqalardan farqli o'laroq bu sahifada faqat haq so'zini,safdoshlar,hammaslaklarning odamiylik,insoniylik qadr-qimmatini uluglovchi so'zlar aytilishini istayman. Bugun qarang goyat tanqisdir, Insonlarga bir shirin kalom. Bir-birining ko'nglin cho'ktirib, Qisqa umr topmasin zavol. Qadr eting bir zumlik umr, Hayyo-huyt,deb o'tib ketadi. Yahshi so'zdan mehr toblanib, Yuraklardan gubor ketadi. Rizo OBID
|