Hatolarni ko'p qildik goyat,
Shayton turdi qarsaklar chalib.
Yana do'stim takrorlamaylik,
Shaytonlarga yana aldanib.
Ko'zimizni qoplagan parda,
Ko'tarilsin turmasin to'sib.
Ortimizdan yurmasin shubha,
Aygoqchiday panada pusib.
Aytgin kimning yo'qdir hatosi,
Ammo uni tuzatish kerak.
Do'st-birodar bizlar insonmiz,
Insondayin yashamoq kerak.
Rizo OBID