Ризобек Вторник, 2025-07-22, 15.29.32
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Январь » 16 » TAVBA
    19.35.15
    TAVBA
    O'zbekiston OAVningku jilovi allaqachon diktatorning qo'liga o'tgan,qayoqqa hohlasa o'sha yoqqa buraveradi.Lekin horijda ro'yhatdan o'tgan o'zbek tilidagi,o'zini demokratiya elchilari,deb iddao qilayotgan OAVchi?
    Ular kimga hizmat qilyapti?
    Mening fikrimcha ularning 50 foizi rejimga hizmat qilayotgan esa,50 foizi bir-birini oyogiga bolta urish bilan ovora.Muholifat,deganlari o'zi nimani hohlaydi-yu,nima harakatda anglash qiyin.
    Ana shu horijda faoliyatdagi Oavga quloq tutar,ko'z yugurtirar ekanman,maqsadim biror bir foydali so'z ilinjida bo'laman.Afsuski ,uning aksi bo'ladi.Ular bilan tanisha turib hira ko'ngil huftonga aylanadi.
    "Ozodlik'' radiosini ko'p tanqid qildim.Ularni ba'zilar MHH agentlari,deyishadi va bunga dalillar keltirishadi.Radiodagilar biz demokratiyani yoyinlantiruvchilarmiz,deb iddao qilishadi.Mening ana shu ''Ozodlik'' radiosidagi bir chiqishimga qamamoqchi bo'lishdi.Avval ham umrim 5 yilga yaqin qamoqhonada behuda o'tgani bois,keksayganimda yana o'sha azob-uqubatlarni tortamanmi,deb Vatanni tark etdim.Mana,bir yarim yil bo'lyaptiki meni va menga qarashli odamlarni hanuzgacha MHH tinchitmayapti.Horijda bo'lsam ham hayotim havf ostida.Lekin ''Ozodlik'' muhbiri San'at Sharipov bemalol Moskovda shu radioning muhbiri bo'lib,hukumatga hizmat qiladimi yo yo'qmi bilmadimu, lekin uning mushugini hech kim pisht,demaydi.Otasi Soat Sharipov Karimov erkatoylaridan.Biz kabi o'gli sabab hech kim unga ging demaydi.Bemaza ko'rsatuvi bilan o'zbek halqining pullarini soatlab havoga sovurib yotibdi.Bular haqida hech kim o'ylab ko'rgisi ham kelmaydi.Tavba...
    Rizo OBID
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz