Ikki juma bir kelgan kuni, ise kerim tahtdan tushadi. Kutavering janobi o'zbek, Ise yangi reja tuzadi. Biz laqmamiz va ishonuvchan, Kim aldasa uchaveramiz. Keyin attang qilib va yana, Alam-zahmat quchaveramiz. Odam zoti galati ekan, Ko'nikarkan hamma ho'rlikka, Yo'yib qo'yar oson odamzot, Peshonasin goyat sho'rlikka. Dasturhonda yo'q qattiq noni, Chirqiraydi och bolajoni. Shukur etar bechora hamon, Chiqayotgan onda ham joni. Jannatlardan so'raydi makon, Jabrlasa qonho'r Ise hon. Yana o'sha kuting mayliga, Ise ketar juft juma kelsa. Lekin ayting u qachon kelgan, Va kelmasku shudir alqissa. Rizo OBID