Birlashtirmoq bo'lib muholifatni, Maydonga chiqdingiz ''ha,barakalla''. Ammo ular tashir boshga kulfatni, Ularga ham balli va barakalla. Birlashmoq istasa ular allohol, O'mlashgan bo'lardi O'zbekistonda. Birisi boshqasiga tosh otib tez-tez, Yurmas edi hechda chet panogohda. Nomardlik qonida bor odamlardan, Mardlikni kutdingiz o'zga o'hshatib. Ular bugun qarang ko'rsatishmoqda, Ichidan magzava igvo boshatib. Esiz ketgan vaqtu,ganimat damlar, Ikki gumroh qo'lini ushlatmoq uchun. Albatta ezgulik edi o'yingiz, Ammo birlasholmas nomardlar bugun. Erta ham o'tadi,o'tar indin ham, Ular dushmanlikning borar yo'lidan. Lekin Sizga rahmat sayingiz uchun, Yarashtirmoq bo'ldingiz ushlab qo'lidan. Rizo OBID.
|