Главная » 2007»Январь»25 » SALAY MADAMINOV POSHSHO BO'LADIGAN ESA O'ZBEKISTONGA QAYTMAYMAN
23.57.24
SALAY MADAMINOV POSHSHO BO'LADIGAN ESA O'ZBEKISTONGA QAYTMAYMAN
''ERK'',degan partiyaning lideriman deyayotgan Salay Madaminov O'zbekiston Prezidenti bo'laman,deya kechayu kunduz tahtga ko'z tikib o'tiribdi.Lekin u moshpoyaga qoravul ham bo'la olmaydi.Chunki u Karimovdan o'tib tushgan diktatorligini siyosatdan yiroq bo'lgan oddiy ketmonchi ham sezib,ko'nglidan o'tkazib turibdi. U poshsho bo'lmaydi.Mabodo falakning gardishi teskari aylanib u yurt tepasiga kelib qolsa o'zbeklarning bugungi ko'rgan kuni holva bo'lib qoladi. Nega,deysizmi?Mana eshiting. Horazmlik, televidenieda ishlaydigan bir hushruy juvon tanishim bor edi(uning ismini havfsizlik nuqtai nazaridan aytmayman).U menga Salay Madaminovning o'ta pastkash,o'z manfaati yo'lida hech narsadan tap tortmasligi,hotinbozligi,maishatparastligi,ko'knoriho'rligi hususida ko'p hikoyalar aytib bergan edi. Uning hikoyalariga men o'sha paytlarda ishonmaganman.Lekin hozirga kelib bunga ishonganday bo'lyapman.Chunki bir firqa boshida- tuzilgandan buyon boshliqlikni bo'shatmay kelayotganining o'ziyoq uning hudbinligiga etarli dalildir.Bunday odam hudo ko'rsatmasin tahtga kelib qolsa bormi halq boshiga bugungi kundanda battar balo yogilishi aniq. Hozirda ham muridlarini ishga solib,o'zini tanqid qilganlardan o'ch olayotgan odam,ertaga ularni avahtaga tiqmaydi ,deb kafolat beradigan bormi?Bo'lsa ayting. Salay Madaminov haqidagi odamzotga qarshi harakatlar uning ko'plab ikkiyuzlamaligida yaqqol o'z isbotini topgan.Hozir ularni sanab o'tirishning hojati yo'q.O'z oga-inisiyu ,jigarlarini hukumat qo'lida qurbon qilib yurgan bunday insondan boshqalar qanday najot topishi mumkin?.. Rizo OBID.