Ba'zilar bor yo'l-yo'lakay do'st yangilaydi, Eski qadrdonin tepib o'tadi. Sip-silliq so'zlarga uchib hushomad uchun, Nimdosh do'sti tomon toshlar otadi. Vo darig dunyoning bevafoligi, Gunohlar qilaman yuragim qiynab. Kechagi do'st degan bugun yuzimdan, Tap-tayyor o'ymoqqa ko'zimni o'ynab. Menga qadrliroq nimdosh do'stlarim, Yangisin bilmayman vafosi bormi? Unga ne kerakdir mendan bilmadim, Yo o'yi to'rida jafosi bormi? Rizo OBID
|