Ризобек Суббота, 2025-06-21, 21.25.25
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Январь » 28 » KARIMOVNING HUFYALARI
    17.03.22
    KARIMOVNING HUFYALARI
    O'zbekistonda qilmagan ishi,aytmagan so'zi uchun,umuman uydan chiqmasdan harakatsiz holatda ham,ko'zi ojiz,oyogi nogiron,hullas shol kishi ham terrorchi -jinoyatchi sifatida qamoqqa olinishi mumkin.
    Qanday qilib,deysizmi?Bu har uch kishidan ikkitasini hufyalarga aylantirgan Karimov rejimining odamkushlik siyosati mahsulidir.Qamoqqa olingan aybsiz aybdorlarga sohta ayb yorligini yopishtirishda advokat niqobidagi sotqin-hoin hufyalarning roli katta.
    Ular MHH,militsiya,prokuratura,sud singari mahkamalardagi poraho'rlikka mukkasidan ketib, ikki dunyosini unutganlar bilan hamkorlik qiladilar.
    Uzoqqa bormaylik.Mana yaqinda advokat niqobidagi firibgar Abror Yusupov ,degan Karimov hufyasi jurnalist,inson huquqlari himoyachisi UMIDA NIYOZOVANI qopqonga tushirib berdi.
    O'zbekistonda advokat,degani bu ozgina pul uchun vijdonini bemalol sotadiganlar toifasiga kiradiganlarga aylangan.
    Yuqorida bir misol keltirdim holos.Ularning kirdikorlari haqida tom-tom kitob yozilsa tugamaydi.
    Karimovning hufyasi Abror Yusupov kabilar jazosiz qoladimi?Hozircha ,ha.Lekin vaqt-soati kelib ular qilgan qilmishlari uchun jazolarini oladilar.Lekin ungacha ''bolta tushguncha,kunda dam oladi'',deyilganidek vijdonni jigildonga aylantirilgan hufyalarni Karimovning o'zi sotqin sifatida avahtaga ravona qiladi.Nima ko'p O'zbekistonda bugun pul evaziga diplom sotib olgan advokatlar tiqilib yotibdi.Ularning ko'pchiligi ishsiz.Bir hamkasbi qamalsa o'rniga bir boshqasi kelib hufyalik qilaveradi.
    O'zbekistonda hamma advokatlar shunaqa ekanda,deyilsa noinsoflik bo'ladi.Ular orasida halollari ham borki, ular iloji boricha himoya ishlariga yaqinlashtirmaslikka uriniladi.Ular biror bir jinoiy ish bilan himoya qilish imkoni qolmagan,jinoiy ish to'qib-bichib bo'lingach jalb etiladilar.Bu holda advokat shayton ishiga aralashgan ojiz bandaga aylanadi holos.
    Karimovning hufyalari ana shunaqa makkor.
    Rizo OBID.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz