Evroosiyo Halqaro Matbuot Fondi(International Euroasia Fund) BMTga a'zo bo'lganligi haqidagi hushhabar erkin matbuot tarafdorlarini quvontirdi. Hushhabarning qanoti bo'ladi,deyishadi.Ammo bu galgi hushhabar qo'shqanotligi yanada quvonchlidir. Buning boisi nufuzli halqaro tashkilotning BMTda o'z ovoziga ega bo'lishi bir bo'lsa, uning AQSH va Markaziy Osiyo bo'yicha muvofiqlashtiruvchisi lavozimiga Demokratik O'zbekiston Kongressi raisi taniqli adib,siyosatshunos olim Jahongir Muhammadning faoliyat yuritishi hushhabar qanoti juftligidir. Jahongir Muhammadning bu vazifaga kelishi tasodif emas,balki uning demokratiya yo'lida olib borgan ko'p yillik mehnatlari samarasidir. Eng asosiysi,BMTga a'zo bo'lgan EOHMFda vatandoshimiz,haqparvar-demokrat,siyosiy arbob Jahongir Muhammadning faoliyati AQSH va Markaziy Osiyo matbuotida ijobiy o'zgarishlar yaratishiga munosib hissa bo'lib qo'shiladi. Millatdoshimiz Jahongir Muhammadga yuqori martaba,ayni choqda mas'uliyatli vazifani uddalashda omadlar tilaymiz. Hollanddagi muhojirlar nomidan Rizo OBID.