Ризобек Четверг, 2025-07-24, 01.36.32
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Январь » 31 » CHORLOV:TAHTDAN KET,KARIMOV!
    02.01.53
    CHORLOV:TAHTDAN KET,KARIMOV!
    Bugun zulm sitamidan ezilgan,ozodlik sari talpinayotgan Vatandoshlarimiz:''Bitsin zolim shoh,tahtdan ketsin I.Karimov,degan zulmkor''.deya hayqirmoqdalar.Demokratiya yo'lidan borayotgan qaysi bir OAVga nazar tashlamang,yuqoridagi mazmundagi chaqiriqlarga nigohingiz tushadi.
    Bu bejiz emas albatta.Chunki bugun butun dunyo ahliga ma'lum bo'lib turibdiki,allaqachonoq Prezidentlik maqomi tugagan,ammo egardan tushsada uzangiga osilib olganday zo'ravonlik bilan o''sha mashhur diktator Karimov O'zbekistonda o'zi yaratgan qonunlarnida oyoq osti qilib,halqni bir chaqaga olmay hokimiyatni bosib olib o'tiribdi.
    Karimovning hamma kirdikorlarini sanayman,desangiz barmoq tugul boshqa hisob mashinasi ham sanoqni ko'tara olmay tutab ketishi mumkin.
    To'grisini tan olib aytganda, birinchi navbatda bugungi kurashimiz Karimov istibdodiga qarshi
    bo'lmogi shart.Biroq goho asosiy maqsad bir yonda qolib, ayrim lahzalarda mayda-chuydalar bilan o'ralashib qolyapmiz.
    Aziz ,Vatandosh,millatdosh hamda elatdoshlar, bugun o'zbek eli goyat ogir,ayanchli istibdod iskanjasida azob tortmoqda.Ularning biri bobomiz,biri momomiz,ota-ona,oga-ini,opa-singil,farzandlarimizdir.Bugun ularning havfsizligi,kelajagi haqida qaygurmasak, erta kech bo'ladi.
    Joylarda o'tkazilajak tadbirlarda qatnashing.Zulmga qarshi,istibdodga qarshi ovozingizni baralla qo'yib jar soling.Mabodo hali ham ikkilanib turgan bo'lsangiz o'zingizda jur'at topib, hech bo'lmasa o'z erkingiz yo'lida zulmkor tuzumga qarshi bir odim olga tashlang!
    Shioringiz:''TAHTDAN ,KET KARIMOV'' bo'lsin!''ZULMGA QARSHI OLGA!'' bo'lsin.''BITSIN ISTIBDOD,YASHASIN OZODLIK!'' bo'lsin.Yaratgan egam bu yo'lda sizga madadkor bo'lsin.
    Rizo OBID.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz