Avval ham aytganimdek O'zbekistonda saylovlar bo'lish ehtimoli haqida yana siyosiy bashoratlar,mulohazalar aytilmoqda.Masalan ''Fargona.ru'' saytida ''Karimov uchta yo'ldan birini tanlash kerak'' sarlavhali tahliliy habarida O'zbekistonga bugungi kunda hukmronlik qilayotgan Karimov ''referendum'',''saylov'',''Karimov ishtirokisiz saylov'' singari uch yo'l haqida mulohaza bildirgan. Shaytonning ming hil nayrangi bo'lib uning bittasining o'ziyoq qirq eshakka yuk bo'lib, yana ortib qoladi.Shunday ekan shaytongada salkam 20 yildan buyon firib berib kelayotgan Karimov biz u qaysi yo'lni tanlar ekan ,deb o'y-o'ylab o'yimizga etguncha ming hunaridan birini siliqqina ishlatib yana osha-osha tahtda ''boyagi-boyagi-boyho'janing tayogi'' bo'lib qolaveradi. Karimiv hech qanday saylov-poylov qilib o'tirmasdan bir yaloqho'riga ho'mrayib qo'ysa bas.U darrov minbarga chiqadi-da shundoq chuldiraydiki ,tamom hamma ish shu bilan bitadi.Qanday qilib ,deysizmi? Mana eshiting.Masalan,Karimovning chuldirogi nima deb chuldiraydi:''...O'zbekistonda Ise Kerimovdan boshqa dono kishi yo'q,biz o'zbeklarda an'anaviy qadriyatlar bor.Nima keragi bor bir tajribasi yo'q odamni Prezidentlikka saylab,mana o'zlari hali qirqta yigitga bas keladigan kuch-quvvatlari bor Islom akani,o'zlari rahnamoyimiz bo'lsalar.Yo'q undoqmas,deganlar aytsin'',desa bo'ldi,hamma qarsak chalib turaveradi.Kim chqib ''yo'q undoq emas bu kishi hammaning jon-joniga tegib bo'ldi,bundoq halqni o'ylaydigan,qayishadigan kishini saylaylik'',deb ayta oladi.Aytmaydi,aytolmaydi.Qarab turibsizki Karimov,degan shayton yana tahtda yalpayib o'tiribdi-da. Bu Karimov,degan shaytonning chalaroq yo'lchasi haqida ikki ogiz gap holos.O'h-ho bu shaytonning yo'llari,so'qmoqlari,to'qmoqlari shunaqangi ko'pki kezi kelsa yana aytib berarman.Hozircha uzr.Qoching ana shayton kelyapti.Qaysi shayton,deysizmi?Karimov,degan shaytonda, qaysi bo'lardi. Rizo OBID.