Hazar atabdi bugun hasadgo'y o'zin, Uyqusi kelmabdi tunda to'lgonib. Yonarmish yuragi ichlari kuyib, Hasaddan ingranib kulga bulganib. Qalbinimish qamragan zaharli chayon, Qayon qaramasin kularmish inson. Yum-yum yiglabdi-yu shishib ketibdi, Hasadgo'y kulolmay bo'larkan giryon. Alhazar,alhazar hazarlar bo'lsin, Bunday hasadgo'ylar kasallaridan. Bechora- nachora hasadgo'y-hazar, Atrofga qaragin,tashla bir nazar. Rizo OBID.
|