Qaysi gulzor gunchasisan Nozigul, Nozlaringmu qaramaysan qayrilib. Qaramasang yuraklarim kuydirib, Qolma yana bek akangdan ayrilib. Nozigulim nozlaringni qo'y endi, Kokillaring silab qo'yayin asta. Ishqing o'ti cho'glar soldi yurakka, Sen malagim osmonlardan balandda. Biz tomonga qiyo boqqin Nozigul, Ko'zlaringga bir bor boqib qo'yayin. Rozi bo'lsang bir umrga Nozigul, Sen Kumushu men Bek akang bo'layin. BEK.
|