Ризобек Четверг, 2025-07-31, 01.26.45
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 4 » NAZM GULSHANI:Dilsora FOZILOVA:Sen dunyoga kelgan kun...
    08.21.02
    NAZM GULSHANI:Dilsora FOZILOVA:Sen dunyoga kelgan kun...
    ( Jajji qizaloq Jasminaga)

    Yuz ochibsan misli g’uncha, tosh bo’lsin boshing sani,
    Boshi ko’kka etdi bul kun barcha qardoshing sani,
    So’zlarim tizdim qog’ozga, topmayin arzir bisot,
    Yo falak, yulduzu – oy tegrangda yo’ldoshing sani.

    Marvariddek, mitti jisming bunchalar nozik nihol,
    Ikki chashmingni qo’riqlar birlashib bir juft hilol,
    Yo malak topmish tavallo, o’rtagay ming bir khayol,
    Bunchalar mohirmi yo, qudratli naqqoshing sani.

    Shuncha tole kimda bordir bir o’zingga ming fido,
    Tashnadek intiq kutilgan qaysi mashhur ibtido,
    Allalaydi ko’hna ohang, to’lg’anib sirli navo,
    Zinda bo’lsin to abad oy birla quyoshing sani.

    Gul kabi oshufta o’sgin, oy kabi oydek sanam,
    Dilginangda kuy yaralsin, qo’llaringda cho’g’ qalam,
    Shu go’zallikni yaratgan, ko’rsatar qutlug’ karam,
    Otashin baytu – g’azal bolg’usi sirdoshing sani.

    Chiqmadim peshvoz yo’lingga men, farishtam ming uzr,
    Senga deb terdim yurakdan toza saylab inju – dur,
    Men Amira shu qasrda, lek hayotda ko’p faqir,
    Ko’nglidan shohu, malika bu siyratdoshing sani.

    Прикрепления: surat 1 · surat 2 · surat 3
    Жойлади: Dilsora
    Всего комментариев: 5
    1 DILSORAHONIMGA  
    0
    Assalomu-alaykum,Dilsorahon yana shu sahifa orqali diydorlasib turganimizdan hursandman.Tan olib haqqini aytadigan bo'lsam, o'tgan kunlarda Sizning avvalgi bu joyda yozilgan sherlaringiz taasurotlari bilan yashadim.Mana bu galgi gazalingiz osha o'z davrining gazalnavis mumtoz sheriyat namoyondalari Nodirabegim,Uvaysiylarnikidan qolishmaydi.
    XXl asrning bu go'zal durdonasi o'zbek klassik sheriyatiga AMIRA tahallusi bilan o'zingiz gazalda aytganday marvariddir.
    Sizga kamoli ehtirom bilan:BEK.

    2 AMIRAGA!  
    0
    Bu gazal magzini chaqish uchun anchagina ziyrak,zukko,chuqur mulohazali,aqli teranlik kerak.Sherdagi so'zlarning har-birida ko'p ma'no yashirin,uni ilgab olish uchun yuqoridagi hislatlar,ta'bir joiz ilmi ummon zarur.Zamondoshlarimiz orasida Amirahon singari mahorat bilan gazal janrida qalam tebratuvchilar afsuski kam.Engil-elpi so'z o'yinlariga sh'er,deya nom berib o'quvchilarning ko'pchiligini ana shunday engil chizgilarga o'rgatib qo'yilmoqda,o'rgatib ham bo'lindi.Biroq yahshi asarni ajrata oladigan o'quvchilar ham ko'p.Lekin yana bir narsa borki,mazani bemazadan ajratish uchun undanda-bundanda tatib ko'rish kerak.
    Amirahonga ijodiy barkamollik tilab,bir guruh muhlislari Kamol,Abdurashid,Dovud va boshqalar nomidan Sodiq.

    3 Dilsoraga  
    0
    Dilsora singlim,zar qadrini zargar biladi,deganlaridek,so'z qadrini ham uni qay mahal,qaerda va qanday ishlatishni bilish ham mahorat belgisi.Aytmoqchimanki so'zlar qalb to'ridan samimiy yangrasa va unda ortiqcha,ko'ngil botadigan so'zlar bo'lmasa,demakki siz so'z sohibasisiz.She'rlaringizni o'qir ekanman ko'zlarim satrlar uzra namchillab bir engillik ayni chogda insonligimdan,borligimdan qoniqish hosil qilaman.Sodda qilib aytganda mazza qilyapmiz.Mazza qilyapmiz,deb yozganimdan hayron bo'lmang,chunki sizning muhlisingiz bir men emas,balki hamma oila a'zolarimizdir.
    Sizga hamisha quvonchli kunlaru,serbaraka ijod tilab,Sanobar opangiz.

    4 GOFIR  
    0
    Hurmatli tahririyat azolari shoira Dilsora Fozilova hayoti va ijodi haqida to'laroq ma'lumot bersangiz iltimos.

    5 UMID  
    0
    Gofirning fikriga qoshilaman.

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz