Mitti kulcha non yopsa onam, Jajji qo'lim kuydirar edi. Puf-puf etib mehri hovrula, Sovutib ham berardi onam. Qo'zichogim,ko'zmunchogim,deb, Erkalatgan onam qaydasiz? U dunyoning narigi tomoni, Ehtimolki jannat joydasiz. Qabringizning boshiga bugun, Faqat hayol bilan boraman. Hokingizni o'pa olmayin, Bagru dilim tilib yoraman. Vatan qoldi onajon unda, Men magribda garib bolangiz. Ammo yaqin eshtilmoqda, Kenjatoyim,degan nolangiz... Yahshiyam Siz u yoqlardasiz, Bu poshshoni ko'rib kuymaysiz. Ammo ko'nglim sezib turibdi, Mening jajjim,deya yiglaysiz. U dunyoda tinchlikmi ahir, Meni qachon olib ketasiz? Orzum mening u dunyoda ham, Kulcha nonlar yopib berasiz. Rizo OBID.
|