Hov chinorning ostida, Hammamiz yigilamiz. Bolalikka qaytamizu, Hovuzda cho'milamiz. Sen sochasan yuzimga, Muzdek suvdan hovuchlab, Men senday erkatoyni, Obketaman opichlab. Qo'yvor deysan yalinib, Men seni qo'yvormayman. Katta bo'lsak ertaga, Men senga yolbormayman. Osha chinor ostidan, Ketmaymiz uzoq mahal, Tunda ham kutar bizni, To'lin oy bo'lib mahtal. Bek.