Статистика
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|
Главная » 2007 » Февраль » 8 » EY,DIL
|
Ey,dil aytgin ko'nglingdagi, Olovga suv sepaymi? Aytgin o'zing pardalarni, Surib sevdim,deyaymi? Tunim zulmat,kunim zulmat, Qorongu bo'ldi bu olam. Ey,dil aytgin dardlaringga, Bo'laymi davoyu malham? O'tdi qancha parivashlar, Ko'rsatib noz, bo'ylarin. Mahv etolmay bu kangulni, Yashirishib o'ylarin. Endi menda halovat yo'q, Mushkul yupatmoq o'zim. Yo'ldosh bo'lib qolgan faqat, Ayta olmagan so'zim. Bek.
|
Жойлади: BEK
|
Всего комментариев: 6 | |
1
Bekka
(2007-02-10 00.49.40)
0
Bo'lma buncha behalovat Topibsan bir shirin tuyg'u, Suyganing ilg'aydi albat, Muhabbat g'olibdir mangu
|
2
Yupatganga
(2007-02-10 21.45.00)
0
Yupanchingiz bosh ustiga, Qarang so'zlar go'zal bo'ldi. Muhabbatku mangu qoldi, Ko'nglim yolgiz o'yga toldi.
|
3
Bekka
(2007-02-11 05.13.36)
0
She'r ko'ngilning ko'chirmasi, Hojat yo'q ilmu uquvga. So'zlar go'zal debsis do'stim Tayyormisiz aytishuvga
|
4
Bekka #1
(2007-02-11 05.19.16)
0
Bekman debsiz be kam bo'ling, Kumushlarning armonisiz, Bir bayt bilan javob qiling, Qay manzilning o'g'lonisiz.
|
5
Shoiraga
(2007-02-11 12.32.41)
0
Ko'nglim mening istagani, Gullarning malikasi. Lek cho'chib turgay yurak, Bu so'zlar tahlikasi.
|
6
Shoiraga
(2007-02-11 12.36.02)
0
Vodiylarning hov olisda, Tiyonshon tizmalari. Tavallud topdim o'shanda, Uzun qish kechalari.
|
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|