Halqimiz dono,uzoqni ko'radigan,arqonni uzun tashlab sabr qilguvchi,ishonuvchan halq.Uni aldayman,deganlar ertami-kech o'zlari aldanishadi.Millatdoshlarimiz inson hurmatini joyiga qo'yadigan millat.Lekin hurmatsizlik qilsangiz bir kechiradi,ikki kechiradi,uchinchi gal hech narsa demasada ''he,bore'',deb etagini silkib sizdan uzoq ketadi. Bugun sahifamiz muhlislaridan ertalabdan tashvishli hatlar kela boshladi.Ular o'z nomlari bilan sahifaga kirib,habarlarini qoldirolmayotganlaridan kuyunishib yozishgan.Demak,kimdir bizning sahifamizga to'siq qo'yishga urinmoqda.Lekin yuqorida aytganimday ot aylanib qozigini topadi,deganlariday ayrim sahifa-saytlarga bilmasdan kirib qolgan mualliflar asossiz malomat toshlari yogdirilib,asossiz gaqoratlarni eshitishgach boshqa sahifalarga samimiyat bilan kirib borishmoqda.Ularni ochiq yuz bilan kutib olinyapti. Masalan,jurnalist Dilmurod SAYYID ham avvaliga ''Isyonkor'' sahifasidan insof tilab bir-ikki chiqish qildi-yu nomsiz-nishonsiz kishilar malomatiga etak qoqib bugun DO'Kning ''TURONZAMIN'' jurnalida chiqish qilmoqda,yohud Kanadadan bizning sahifamizga o'zining dilbar she'rlari bilan kirib kelgan yosh shoira Dilsora FOZILOVA bizning sahifaga habar yuklay olmay hunobi oshmoqdaligini ma'lum qilib, buyuk mutafakkir shoir Alisher NAVOIY bobomiz tavallud ayyomiga bagishlangan gazalini elektron pochtamizga jo'natdi.Bir musulmon yigitku sahifaga sayqal berish uchun yordam qo'lini cho'zdi.Yahshi.Lekin boshqa biri teskari to'nini kiyib olib sahifamizga kirib muhlislar,mualliflar yo'liga tuzoq qo'yishga urinmoqda.Buni qanday tushunish mumkin? Dilmurod Sayyidni sahifamiz orqali tanqid ham qildik.Lekin u samimiy edi.Umid qilamizki ochiq nom bilan bildirilgan fikrdan u to'gri hulosa chiqardi. Dilsoraning she'ri ham yoruglik yuzini DO'K saytida ko'rdi. Yana bir bor aytmoqchimizki,qitmirlikni tashlang birodar,hasadni yigishtirib havasga o'ting,zero murodingiz hosil bo'ladi.
Rizo aka bu Isyonkor ughri ham ekan. Dilmurod Sayyid ularga yozmayman deb uzbekcongress ga yozsa Yusuf Rasulov ughirlab olib yanada sukinishlarni boshlatdi. Menimcha Yusuf Rasulov maxsus MXXni topshirighi bilan kelgan. U hali muxolifatga kup dushmanlik qiladiganga uxshaydi.
Galati.Tushunib bo'lmaydi.Qaerdan olganini ko'rsatmaydi ham.Manbani.Anov qizni sherlari ham bu yoqda avval e'lon qilingan edi shekilli.Kasbi yomon,juda yomon ekan,havfli ekan.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]