Ризобек Пятница, 2025-06-20, 12.21.57
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 8 » MONAND ETMAS
    19.24.33
    MONAND ETMAS
    Meni men istagan o’z suhbatiga arjumand etmas,

    Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas.

    Alisher Navoiy.

    Do’stu yoronim manim, ko’ngliga ko’nglim kishand etmas,

    Yo’qki bir jon bu kangulni hajrida zulfu band etmas,

    Tokayi khor o’lgay umrim, sohibi dil akhtarib,

    Toki yo’lning boshida bir qayrilib orzumand etmas.

    Istagi dil buncha nozik yetmay o’ldim mubtalo,

    Bir nigohga ilhaqiga boqmay o’tdim besado,

    Ham ulug’u, no ulug’dan ayro qoldim, bedavo

    Umri nodonim mani hech tovonimdan baland etmas.

    Toshdi chashmimdin Zarafshon bezorimdan ayrilib,

    Topdim o’n sakkiz ming olam bahorimdan ayrilib,

    O’zga elni makon etdim, diyorimdan ayrilib,

    Sadqa etsam hamki jonim, sag’ir dilni dilband etmas.

    Umr yo’li takhir sahro, takallum ziynatim bo’ldi,

    Tabassumi do’stu – oqil yagona rag’batim bo’ldi,

    Istagan o’ksitdi ko’ksim, tuyganim hasratim bo’ldi,

    Dilimning dardi – dunyosin, tirikki jon pisand etmas.

    Galat dunyo Farhodlarimu Yosumanga bo’ldi yor,

    Shirinlari davo istab, qoq to’shaklarda o’tdi khor,

    Og’a-yu ini , do’stu oshno bir – biriga beqaror,

    G’oh rafiqu – umri yo’ldosh bir – birovin khursand etmas.

    Bu umr solihmi, osiymi, nay chalingay oqibat,

    Ahliga husnin ayon etgay va’dalangan okhirat,

    Har azob-u, har savobim olg’usi haq mohiyat,

    O’tar dunyo dahli u kun mening yo’limda pand etmas.

    So’zga oshno bo’ldi ko’ngil, tepkilar mashqin vale,

    Chizgani bir kuch topolmas hasratu – ishqin vale,

    Bo’lsa hamki bul Amira sozida jo’shqin vale,

    Navoiy bitmasa nazmu navosiga monand etmas.

    Dilsora Fozilova.

    Жойлади: Dilsora
    Всего комментариев: 8
    1 O'quvchiga  
    0
    Kim bo'lmagan so'zga shaydo, kimda yo'qdir iqtidor,
    Yoki kim so'zga beparvo, yo so'zida beqaror.
    Chorlayapman so'z bazmiga, bog'lang belbog'ni siqib
    Qay usulda javob yozish do'stim sizda ikhtiyor.

    2 Dilsora  
    0
    She'rlarim sher bo'lib olishing ag'yor bilan,
    Toki bu dunyoda she'r qolsin bahor bilan

    3 Dilsoraga  
    0
    So'z shaydosi bo'lganlarning,
    Qalbi osmon deydilar.
    Qadriga etmas esa,
    Rangi somon deydilar.

    4 O'quvchi  
    0
    She'r sher bo'lib tashlanmasin,
    Shirin tuygu bo'lib qolsin.
    Sof ko'ngillar bu maydonda,
    Agyorga aylanmasin.

    5 Dilsora  
    0
    Siz boshqa-yu, ag'yor boshqa, she'rim sizga marjondir,
    She'r mehrida yonmaganga, shoir qalbi armondir.
    Do'stu ag'yor rangi biru, ko'nglin har khil deydilar,
    Menga ag'yor yo'q jahonda mening ko'nglim ummondir.

    6 Dilsorahonga  
    0
    Ummonlarning eng tubiga,cho'kkan marjon qalqidi,
    Oy nurida yal-yal yonib oydan go'zal balqidi.
    Ko'zlarimga surib olgum so'zingiz marjonlarin,
    Sevinch birlan,shodlik ila ko'zda yoshim qalqidi.

    7 Yana Sizga  
    0
    Yana sizga takror-takror ko'ngil yozgim keladi,
    She'rlaringiz durlarini ko'zga bosgim keladi.
    Uzoq ketmang so'z ishqida kuyganlarni kuydirib,
    Tunu kunlar so'zlaringiz quchib yotgim keladi.

    8 Men bilan so'z aytishayotganga  
    0
    Nur istagan har ko'ngilga, ko'ngil mulki quyoshdir,
    Jilovin sal erkin etsan, so'z degani beboshdir.
    So'z mangamas, men so'zimga hukm etguvchi amirman,
    Menga u hukm etar bo'lsa, bor hayotim ko'z yoshdir.

    So'z degani shuncha o'tkir, qilich undan olgan dars,
    Kesolmasa aytgan erin, aytganlaring so'z emas,
    She'r bo'larmi, bayt bo'larmi, ko'ngling aksin topsa bas,
    Etti o'lchab bir kesgan so'z umru jonga yo'ldoshdir.


    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz