Ризобек Пятница, 2025-06-20, 06.52.33
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 3
    Гостей: 3
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 10 » Olovuddinning sehrli chirogi yoki Davron Sharipov qaerda?
    23.30.28
    Olovuddinning sehrli chirogi yoki Davron Sharipov qaerda?
    Gapni uzoqdan boshlamasam ham o'quvchilar mavzu kim va nima haqda borishini bilib turishgan bo'lsa kerak.Lekin shunday bo'lsa ham ertaklardagi Olovuddinning sehrli chirogini bejiz eslamadim.
    Chunki yaqindan buyon internet nashrlarida shunday ism muallifi O'zbekiston muholifati liderlariga munosabat bildirguvchi chizgilarni ommaga etkazmoqda.Lekin hamma qatori uning kimligi meni ham qiziqtirgani bois bugun bu haqda fikrlarimni o'rtaga tashlamoqchiman.Uzundan-uzoq chiqishlar tegishli mavzuda,tegishli kishilarga muhimdir.Lekin asosiy oddiy o'quvchi ommasini masalaning qisqa mohiyati qiziqtiradi.Shu bois fikrlarimni qisqa va lo'nda bayon etishga harakat qilaman.
    Kecha ''Isyonkor'' sahifasi etakchisi,jurnalist Yusuf Rasul bilan internet tarmogi orqali suhbatlashdik.Suhbatimiz turli mavzularda bo'ldi.Ularning har biri bilan imkoni bo'lganda va zarur bo'lsa Siz aziz o'quvchilarni ham habardor qilishga harakat qilaman.
    Bu galgisi esa Davron Sharipov ismi bilan hozircha suvratini ko'rsatmayotgan kimsa haqida.
    Uzoqqa bormayin.Habardorlar bilishadiki kamina ham 1990 yillardan buyon muholifat ichida.Ularning ko'pchiligini taniydi.
    Lekin yaqindan buyon goh-gohda paydo bo'lib qolayotgan D.Sharipov ismli(agar shunday shahs mabodo bo'lsa)tanimadim.Darvoqe,Yusuf Rasulov uning rus tilida yozilgan ''POPITKA UBAYUKAT UZBEKSKOY OPPOZITSII'' (maqola rus tilida,tarjimasi ''O'zbek muholifatini allalashga urinish'' bo'lsa kerak,malakali tarjimon emasman uzr.R.O.)maqolasi hamda www.iwpr.net saytida (u qisqartirilgan holda bu sayt adresini taqdim etdi,bu ''Urush va tinchlikni yorituvchi halqaro OAV bo'lishi kerak)D.Saharipov telefon orqali bergan qisqa fikri aytilgan rus tilidagi maqolalarni taqdim etdi.Hamda Sharipov elektron manzilini ham ko'rsatib yozdi va'' bu Davron Sharipov, u menga maqola jo'natdi'' ,deya aytdi.Va menga shu maqolani sahifamda chop etishimni tavsiya etdi.U birinchidan rus tilida,uni yahshi tushunmayman.O'zim tushunmagan maqolani o'quvchiga taqdim etolmayman.Yusuf Rasulov ''mana Davron Sharipovni topdim,va'da qilingan pulni berasizlarmi,agar bersangiz mashinamga pul zarur bo'lib turuvdi ,deya ortidan ''hazil'',deb qo'ydi".
    U hazil,deb aytgan narsa aslida jiddiy gap.Shu bois men unga Davron Sharipovga hat yozing,sahifangizdagi boshqa mualliflarning suratlari bilan bergan kabi e'lon qilasiz,deya maslahat berdim.U biroz yozsammikan ,deya o'ylangannamo turib qoldi va: ''U AQSHning Aydaho shtatidan bo'lsa kerak,maqola ostidagi imzo tahallusi bo'lsa kerak,degan mujmalroq javob aytdi.
    Davron Sharipov haqiqatparvar ekan, nega o'zi yozayotgan OAVdan o'z ismini yashiradi?Bu birinchisi.
    Ikkinchidan u rus tilida yozadigan jurnalist.Jumlalari pishiq- ruscha(harqalay men uchun).Jahongir Mamatov maqolasiga javoblar yozar ekan unga o'zbek tilidagi maqolalarni kim tarjima qilib berayotibdi?Yoki uning ruscha yozganlarini pishiq qilib o'zbek tiliga kim tarjima qilyapti?
    Nega u maqolasi chop etilishi mumkin bo'lgan sayt rahbariyatiga o'zining kimligini aytmaydi?Mayli tahallus bilan yozsin.Lekin muallifi aniq bo'lmagan ''muhbir'' maqolasini chop etish..bilmadim qanchalik to'gri?
    Shu kabi savollar qurshovida Davron Sharipov bor-yo'qligi mavhum bo'lib turgan bir pallada yuqorida sarlavhada aytganim Olovuddinning sehrli chirogi yodimga tushdi.U ko'za ichida o'tiradi-da bekhojasi ciroqni silasa ''labbay,byuring ,hizmatingizga muntazirman''deya chiqib keladigan jinni eslatadi.
    Harqalay Davron Sharipov jin bo'lmasa kerak-a?Yana bilmadim.

    Rizo OBID.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz