Ha,yo'llar ko'p,yo'lboshchi yo'q.Lekin yo'lboshchilikka da'vogarlar ko'p.U yo'ldan yurma bu yo'ldan yur ,deb o'rgatuvchi ,ko'rsatuvchi oqillar,dono-yu dohiylar ko'p.Biz kabi so'qirlar esa yo'lboshchilik da'vo qilayotganga ergashgimiz bor,lekin u qayoqqa,qaysi manzilga olib boradi.Olib boradi-yu ,lekin daryoning bo'yiga olib borib sugormay qaytadiganlar turidanmasmi,deya ikkilanib turamiz. So'z albatta goh ko'rinib,goh yashirinib haqiqiy o'zligini ko'rsata olmayotgan o'zbek muholifati haqida ketmoqda.Undagi yo'lboshchilarga ''ertaga anavi turkmanlarga o'hshsash holatda qolib ketmaylik,so'qmoqlarda dardu alam chekib yurganimiz etar,Karimovga o'hshab hadeb oddiy kishilarni aldagan bilan bir maqsadga erishib bo'lmaydi,keling,bas gap kuch birlik,hamjihatlikda ekan bir maqsad sari qo'lni-qo'lga berib boraylik,deya samimiy murojaat yohud tanqid aytsangiz,''obro'yimni to'kma'',deya do'q urishadi. Hov yo'lboshchilikka da'vogar, o'zi sizda obru bo'lganmi?Bo'lgan esa undan hozir zigircha qoldimi?Hech o'ylab ko'rganmisiz? Bir kuch,yangi kuch bo'lib birlashaylik,deyishadi.O'sha yangi kuch bo'lishiga va unga qo'shilishni goyat istardim.Lekin yangi kuchman,deb panaga turib olib,''undoq qilmang,bundoq qiling''deyilgan kuchni qanday atash mumkin.Yana bir boshqalar o'zlari yuzlarini yashirib olib,yuzingni ko'rsat deydi.Yuz ko'rmoqchi bo'lgan vallomat avval yuz ko'rsatish qanday bo'lishini ibrat qilib sen ko'rsatchi.Yo tavba sharmandalik holingni ko'rsatishdan cho'chib turibsanku yana yuz ko'rsat,deb chiranasan.Ba'zi bir chiyildoqlar esa ''birovning etovida yurmay,ozingiz yuring '',deb aql o'rgatib qo'ymoqchi,esimizni kiritib qo'yishga urinishadi.Hov chiyildoq,churildoq,avval sen o'zing tushovda yo etovdamaslikni o'rgat.O'zingni ishtoning yo'q tizzasi yirtiqqa kulguncha,mashara qilguncha,avval dangal chiqib ''bu men falonchiman'',deb otingni aytishga jur'at qil,ana undan keyin men seni mard sanab,o'gitlaringga quloq tutay.E,tupurdim sendayin oti yo'q,juni yo'q maslahatgo'yga. Armonim bor.Nega bizda bir haqiqiy yo'lboshchi chiqmayapti.Yo'lboshcilikka da'vogarlar esa bizlarni mana bugungiday goh u,goh bu so'qmoqlarda tentirashib yurishimizga sababchi bo'la oldilar holos..Yana qancha tentirashib yuramiz?Ular yana qancha sarson-sargardonlikda yurishimizni istaydilar va shu ko'yda olib yurmoqchilar? Yolgiz Ollohning o'zi biladi. Yangi kuch bo'laman,deb chiranayotgan ayrim beboshlar esa ommani chalgitishdan bo'shamayapti.Ha,aytganday bunday beboshlar yo'lboshchi bo'laman,deganlardan ham yomon ziyon etkazmoqda.Beboshlar.Ular kimlar?O'zlari yahshi bilishadi.Chunki ular Karimov hukumatidan muholifat orasiga suqulib kirib,beboshchlik qilish topshirigini olgan beboshliklarini goho sezdirib qo'yishmoqda.Lekin bizning yo'lboshchilikka da'vogarlar o'sha beboshlar kuyidan mast-alastday yurishibdi.O'sha qadimgi o'zbekcha naql yodga tushaveradi:''sichqon sigmas iniga,galvir boglar dumiga''.E,bunaqa yangi kuch bo'laman,deya safsata sotayotganlarni allaqachon dumiga chelak boglab, er yuzi degan kurrai zamindan haydab solish kerak aslida.Bir boshqasi aytadiki,''keling bunaqangi baqiroq-chaqiroqlar ham kerak''.Bunaqa baqiroqlar bugun ,hozir kerakmas. O'zbek,degan millatning oti qoldi holos.Yo'lboshchilik da'vosidagilar bu millatni u ko'chadan bu ko'chaga,u haramdan bu haramga olib-kirib chiqaverib nimhushtasini chiqarib,o'zlik qiyofasini deyarli mutlaq tanishsiz holga aylantirayozish arafasida turibdi. To'gri gapning to'qmogi bo'ladi.Yo'lboshchiman deganning boshiga to'qillatib savab sal es-hushiga keltiraman,desangiz u jinnini jinni,desa pichoq dami ko'tarilganday o'zini har yoqqa urib, ''men oppoqman''deydi.Ha sen oppoqsan.Lekin odamlar nazdida-nazarida oq qilingan oppoqsan. Yo'llar ko'p,yo'lboshchi yo'q,dedim.Siz nima deysiz?