Ризобек Суббота, 2025-06-21, 03.37.38
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 21 » Ko'ngilda tugyon bor
    18.33.50
    Ko'ngilda tugyon bor
    O'zbekistonda va Vatandan bosh olib chiqib ketgan kishilarning ko'pchiligining ko'ngliga qo'l solib suhbatlashaman.Kim bilan suhbatlashmayin,''qachon Vatan ozod bo'ladi,qachon biz yurtimizga qaytamiz'',degan savollarni berishadi.Men ularga nima deyin, ''yaqinda saylovlar bo'ladi,hammasi yahshi bo'ladi'' yoki ''falon vaqtdan keyin yahshi bo'lib ketadi'',deb aytolmayman.Chunki O'zbekistonda bu ketishda hali-veri o'zgarishlar bo'lishiga o'zimning aqlim etmagan narsaga qanday qilib ularni ishontiray.Men bunday qilolmayman.Lekin nimadir,deb yupatishim kerak.
    Bir gal ana shunday suhbatlarning birida o'tgan yili ''hudo hohlasa ko'klam kelsa yahshi bo'ladi'',deb aytib yubordim.Chunki yahshi niyat yarim mol.Ammo ko'klam keldi hamki hech narsa o'zgarmadi,battar bo'ldi.Lekin ular yana so'rashaveradi.Mana yana ko'klam yaqinlashmoqda.Qalbim bezovta,yuragim bezovta,holsizlanaman.Endi nima deyman?
    Ko'klamlar ko'p.Qaysi birida yahshi bo'ladi?Bu yaratganga ayon.Lekin baribir yana ishonch bilan ko'klam yilning yasharish,yangilanish davri,deb yupanaman.Shu bois ham ko'klamda O'zbekistonda,Vatanda,umuman er yuzida ezgulik sari yangilanishlar bo'lsa.Vatanim,millatim degan har bir inson o'z Vatanida ko'klamni qarshi olsa.Jumladan o'zbeklar ham o'z ona yurtlari,ota makonlarida qaldirgochlar uchib kelishini qarshi olishsa.
    Lekin buning uchun esa faqatgina Olloh,deb ko'z yosh to'kib,nolalar qilib o'tirishning o'zi kifoya emas.
    Ayrim Vatandoshlar Vatanni sogindim,bolamni sogindim,yorimni sogindim deya har kun yo'lga otlanishadi.Tushunaman.Lekin ular kechagi dahshatni soginch oldida pisand qilgilari kelmayapti.Ularni tushunaman.Lekin o'zlarini -o'zlari tuzoqqa ilintirish barobarida,ularga halqparvarlar deb ishongan minglar yuziga oyoq qo'yishayotganliklarini bilisharmikan?
    Qani sizdagi kechagi jur'at,kechagi jasorat?Nima u vaqtinchalikmidi?Men bunday Vatanparvarlikni tushunmayman.
    Nomingiz bir joyda aytilishidan laqillab qo'rqasiz,lekin ajdarho komiga tushishdan cho'chimaysiz?Bu nima?O'zini o'zi qurbon qilishmi?Siz ahir kecha aql egalarimiz deya da'vo qilgan,haqparvarman,deya da'vo qilgan, edingiz-ku. Ollohning quliman va poshsho zulmiga tik boqaman,degan,edingiz-ku.Bugun nima bo'ldi?Munofiqlikka yuz tutmoqqa shay turibsiz.Sizga endi kim ishonadi?O'ylab ko'ring Vatandosh.Hammaning ham ko'nglini farzandlariga,yaqinlariga,Vatanga soginch hissi o'rtab turibdi.Lekin dushmanning tegirmoniga,zulmkorning tegirmoniga suv qo'yishga choglanib turishingiz tushunarsiz.Hammaning ko'nglida zulmga qarshi tugyon bor,alam bor.Lekin ichki tugyon tashga na'ra bermas ekan,ich-etingizni eb,qolganini zulmkor shohga hadya etgan bo'lishligini mulohaza qiling.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz