BIR UMR TURKISTON ISTIQLOLI UCHUN KURASHIB YASHAGAN MUHTARAM USTOD Boymirza HAYIT HOTIRASIGA. Iymonidir turkning TURKISTON! Ahmad YASSAVIY. * * * Go'zal TURKISTON sanga na bo'ldi? Abdulhamid CHO'LPON. * * * Tushummu yo o'ngummu bilmadim halqim ado bo'ldi, Halokat maydoninda Turkistonimdan ayrildim. Abdurahmon VODILIY. BITIKTOSH Firdavsiy bir zamon aytgani kabi Har ne o'tkinchidir, fanoning o'zi, Faqat ikki narsa qolur abadiy- Botirning shavkati,dononing so'zi. Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan, Behuda gap sotib yurmagan ular. Mana,ming yillarni opichlab kelgan Bitiktosh ona-er haqida kuylar. Vaqt quyunida ne davru davron, Bu - toshga aylangan erkdir,bardoshdir. Bu - Turon atalgan muqaddas armon. Unga qaraymanu bir his tuyaman. Bu yurtim timsoli mangulik toshdir... Yuragim toshiga she'rim o'yaman. Ushbu she'rni tayyorlab, yo'llovchi: Dilmurod Sayyid. Toshkent.
|