Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 12.47.00
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Февраль » 24 » Mu-mu bo'lmasa nima?...yohud OAV VOA haqida
    19.26.13
    Mu-mu bo'lmasa nima?...yohud OAV VOA haqida
    Internet habrnomalari o'z ahborotlari bilan hamma boshqa turdagi OAV vositalarini ortda qoldirib bormoqda.Bu yahshi,lekin...Lekinlar esa ko'p.
    Har doim ham ishonchli ahborot bermaydigan saytlardan biri bu- www.fargona.ru sayti bo'lsa kerak.Chunki u tarqatayotgan ayrim O'zbekistonga oid habarlar o'quvchilarni chalgitmoqda.Masalan,Inson huquqlari ''Ezgulik'' jamiyati raisi Vasila Inoyatova qamoqqa olindi,deya habar bergan bu sayt ertasiga ''yo'q u qamalmagan ekan,shantaj qilinibdi'',deb yozdi.Ertasiga bu habardan behabar o''quvchi ''Vasila Inoyatovani ''qamoqdan''izlashga tushgan bo'lsa ajab emas.
    Yoki yana bir misol:Shu sayt,ya'ni Fargona. ru boshqa saytlarni sharhlar ekan,ahborotlarni oyogini osmondan keltirib tashlaganlgini o'zi ham bilmasa kerak.Chalakam-chatti sharh esa yana o'quvchini chalgitishi aniq.Sharhda keltirilgan sentral.aziya sayti habar berishicha ''Amerika ovozi'' radiosi O'zbekiston va Tibetga eshittirishlar berishini to'htatganini bayon etadi.Fargona.ru u saytning ''mu-mu''sini davom ettirayotib ''Amerika ovozi'' radiosi saytiga to'htalar ekan,radioni O'zbekistonda eshitishga ta'qiqlar qo'yilganiga ishora qiladi.Ha,baraka topgur bu radioning o'zbek hizmati yopilgan bo'lsa, unga qanaqa to'siq qo'yiladi?Tavba.
    ''Amerika ovozi'' radiosi o'zbek hizmati yopilayotgani to'grisida DO'Kning ''Turonzamin'' ro'znomasida allaqachon habar berilgan ediku.Fargona.ru sayti ''Turonzamin'' saytini ham sharhlagan,lekin sharhlashda uning qavatlarini durustroq qarashga eringan,chogi.Shu bois ham bir-biriga zid ahborotlar tarqalishiga yo'l qo'ygan,yo'l qo'yayotgan ''Fargonaruchilar'' ga unchalik ishonmay qolarkansan.Ha, yana ''mu-mu''mi yo yo'q o'zlari bilishadi-da.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz