Ризобек Пятница, 2025-06-20, 16.01.16
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 25 » O'zbekistonda saylov bo'larmish,shu rostmi?
    12.12.55
    O'zbekistonda saylov bo'larmish,shu rostmi?
    O'zbekiston tumanlarida yashovchi Vatandoshlarimiz yuqoridagi savol bilan murojaat qilishyapti.Mana ular nimalar deyishdi:'' O'zbekistonda Prezident saylovi bo'larmish, shu rostmi?Bo'lsa qaerda,qachon bo'ladi?Biz tomonlarda Prezident saylovi,degan gapni hayoldan o'tkazishga ham qo'rqasan kishi.Sababi agar biror kishi shu haqda hayol surayotganligini bilib qolishsa boshing balolarga qolib ketadi.
    Keyin yana bir narsani eshitib qoldik,lekin unchalik ishongimiz kelmadi-yu baribir sizdan bir so'rab ko'raylikchi dedik.Aytingchi ,''ERK'',''BIRLIK'' degan partiyalar bor emish horijda,shu rostmi?Yaqinda viloyat markazidagi shaharga borib kelgan maktabimiz o'qituvchisi Saydaliev domla shu gaplarni topib keldi.Lekin bu gaplarga uning o'zi ham ishonmasligini aytdi.Domlaning gapi to'grimi?Agar Karimov Prezident bo'lib turaversa ,ayniqsa qishloq joylarida yashovchilar yaqin orada bir vabo tarqalib qirilib ketishi mumkin.Agar o'sha
    yoqlarda Prezident bo'laman,deganlar bo'lsa bizga non qilgani un jo'natishsin.Yo buning iloji yoqmi?Turkmanistonga ancha un jo'natishibdiku,o'shalarga o'hshab,demoqchimiz.''
    Vatandoshlar suhbati va savollaridan tong qotmay iloj yo'q.Men bu suhbatni to'qiganim yo'q.Suhbatdoshlarim ''saylov'',''referendum'' degan so'zlar nimaligini tushunadigan tuman ziyolilarining vakillari.Ularga Siz nima,deb javob bergan bo'lar edingiz?
    Ana endi o'ylab ko'ravering, O'zbekistonda saylov bo'ladimi yoki yo'qmi?

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz