Mendan she'r so'rashdi go'zal satrli, She'r o'zi nima deb so'rashgani yo'q. Zulmga la'nat deb so'z aytgan edim, Bu shakkoklik,deya mirshab urdi do'q. Muhabbatdan yozing,sevgidan yozing, Bahtli bolalikdan yozing marhamat. Ammo tilhat yozib berasiz bunda, Qaytib zulmga hech aytmaysiz la'nat. Qo'limdagi kishan etdi mahliyo - Ishqim zindonbanddir,deya yozaymi? Yoki paxtazorda o'tgan umrimni - Baxtli bolaligim,deya so'zlaymi ? Yahshiyam shoirmas oddiy dexqonman, Sohirlarga toza azob ekanda. Zulmga tik boqsa shoir sanalmas, Tik boqqani shakkoku- kazzob ekanda?... Rizo Obid.
|