Ризобек Четверг, 2024-11-14, 10.08.57
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 4
    Гостей: 4
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Февраль » 26 » Dilmurod SAYYIDning e'lon qilinmay qolgan maktubi
    21.42.51
    Dilmurod SAYYIDning e'lon qilinmay qolgan maktubi
    Assalomu alaykum,muhtaram Rizobek!
    Siz bilan maktub orqali bo'lsada tanishganimdan hursandaman!
    Men uchun vatanga befarq bo'lmagan va shu barobarida xolis fikrlaydigan har bir vatandosh ,dunyoning qaysi hududida yashayotganligidan qat'iy nazar,non kabi qadrlidir!
    Muhtaram Vatandosh!Elektron sahifangiz o'zbekona soddaligi bilan ma'qul bo'ldi.Bir kichik iltimosim,imkonini topib,kirill imlosidagi bitiklarni ham ko'proq kiritishga e'tibor qaratsangiz.
    Yana bir tilagim:siyosatdan biroz nariroq,ma'naviyatga va uning ajralmas qismi hisoblangan adabiyotga ko'proq e'tibor bersangiz foydadan holi bo'lmasdi.
    Shu nuqtai nazardan kelib chiqib,sahifangizga (albatta ma'qul topsangiz!)bir necha badiiy bitiklarni havola etmoqchiman.
    Avvalo biz kitobat qilishga choglanganimiz - Rauf PARFI (alayhir-rahma)ning ''ONA TURKISTON''(''Ellik she'r'' - Boymirza HAYIT hayotligida tuzilgan) to'plamidan bir juft she'rni ushbu salomnomamga ilova qilaman.Imkoningizdan kelib chiqib,maqbulini navbati bilan sahifangizga kiritarsiz.
    Sizga va Siz orqali barcha Vatandoshlarga kamoli ehtirom ila Dilmurod SAYYID,O'zbekiston,Toshkent.18.02.2007 yil.

    TAHRIRIYATDAN:Dilmurod SAYYID jo'natgan ushbu maktub u jo'natgan she'rlardan tahririyat aybi bilan tushirib qoldirilgani bois sahifalarda e'lon qilingan sh'er mualliflari ism-shariflari chalkashib,hatoliklarga yo'l qo'yilgan.
    Vaqtida bu xatolarni ko'rib qolib,uni tuzatish yuzasidan tahririyatga shoshilinch xatlar yozib ogohlantirgani uchun maktub muallifi Dilmurod SAYYIDga minnatdorchilik bildirish barobarida ,aziz o'quvchilardan yo'l qo'yilgan xatoliklar uchun uzr so'raymiz.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz