Esli-hushli odamlar Karimovning Andijondagi qirginbarotini 1-2 yil emas dunyo turguncha unutmasalar kerak.Biroq O'zbekistondagi ahvol emas,balki uning boyliklariga ko'z tikkan ayrim boshqa davlatlar uchun bu qirginbarot hech bir qaygurishga arzimaydiganday tuyuladi. Masalan,Rusiya,Olmon,Xitoy,Buyuk Britaniya kabi davlatlar uchun. Nega deysizmi?Keling aytayotganimiz quruq gap bo'lmasligi uchun ayrim dalil bo'luvchi voqea-hodisalarni qarab chiqsak. Masalan,Rusiya Karimov jinoyatini haspo'shlab,uni astoydil birinchi kunlardanoq himoya qila boshlagan davlatdir.Bu tushunarli,chunki azaldan Rusiyani O'zbekistonning boyliklari qiziqtirib kelgan, bundan buyon ham shunday bo'lib qoladi.Rusiya hukumatining bu ochko'zligini yahshi bilgan Karimov o'zi ularning davrasidan chiqqani bois ham yugurib Putinning quchogiga otilgani bejiz emas.Chunki u chinakam kommunistligini O'zbekistondagi katta yiginlarda ko'p marta aytgan.Do'ppi tor kelib qolguncha hali u, hali bu Garb davlatlari,AQSH kabi nufuzli mamlakatlar bilan bordi-keldi qilib turgan Karimov bugun Putinning chizgan chizigidan chiqish tugul,unga sadoqatini namoyish etish uchun O'zbekiston boyliklarini ruslar istagancha tortiq etishdan tashqari ularning ma'naviy o'choqlari gurillab yonib turishi uchun tutatquchilik(ruschasiga ''kochegar''R.O.)ham qilmoqda.Birgina misol Navoiy viloyati aholisini uning boyliklari bilan Rusiyaga ikki qo'llab tutqazgan Karimov bu viloyatda Sovetlar mafkurasini avval qanday bo'lsa undanda izchilroq ommalashtirmoqda.Shu viloyatda chop etiladigan ''Znamya Drujbi'' gazetasi bu borada qilinayotgan ishlardan quvonchini yashirmay rus bayrogini baland ko'tarib,baralla qo'shiq aytmoqda.Yaqinda ochilgan ''O'rislar Milliy-Madaniy Markazi'' barcha boshqa millatga mansublarni ham ular bilan birga ''Katyusha'' musiqasiga raqsga tushishga taklif etmoqda.Raqqoslikda dong taratayotgan Karimov esa ularga qo'shilishib raqsga tushayotganini sharhlashga hojat yo'q. Olmonlar esa o'sha eski ''General Sobir Rahimov'' kinofilmida orzu qilishgan Fargona vodiysida uzum eyish uchun jinoyatchi Karimov va uning yaqinlarini nafaqat himoya qilish balki salomatligi hususida tinmay gamho'rlik qilayotganidan habaringiz bor. Endi bu ochko'zlar qatoriga '' it itdan qolsa qulogini kes'' deganlaridek Buyuk Britaniya deb ataluvchi kiborlar mamlakatidagi ''oppoq''lar ham qo'shilib , tilloga o'chliklarini namoyon etishmoqda.Asta sekin Karimovni quchoqlariga ola boshlashdi.Karimov esa ''oppoq''lar quchogini soginib qolgani bois ularning O'zbekistonga,hususan o'ziga jalb etish uchun ''Karimov sovrini uchun'' kurash musobaqasi,degan paxtaga o'ralgan sovgalarini jo'natdi. Karimov cho'tirgina bir kimsa,lekin uning ''noz-karashmalari'' emas, Garb yohud boshqa mamlakatlarni rom etayotgan balki boyliklaridir.Buni Karimov ham biladi.Lekin bilmaslikka oladi.Taxt uchun hamma narsani sotishga tushgan bu jinoyatchi poshsho nayranglarini qo'llab-quvvatlayotganlar undanda xavlidirlar.Ammo afsuski o'zbekistonliklar haliyam Karimov nagmalari ta'siridan chiqolmayotganliklari achinarli.Go'yoki kechagi Andijon azoblari unutilayotganday.O'zbek millatini bo'gzigacha ko'mib bo'lgan Karimov yana qancha muddat go'rkovlik qiladi va halq yana qancha chidarkin?