Xollandda hamisha bahor.O'zi kichkinagina bu mamlakatning 16 million aholisi bor.Yashil maydonlar yilning to'rt faslida ham yam-yashil turaveradi.Deyarli qish fasli bo'lmaydi.Qish oylarida bir-ikki bor qor yogishi mumkin,lekin u ko'p vaqt erni burkab yotmaydi.Tezda erib ketadi.Ammo yomgir nafaqat biror bir faslda balki hamma fasllarda kutilmaganda sharros qoyishi mumkin. Lekin baribir fasllar almashinayotganini ilgash mumkin.Xollandda qish oylarida,masalan yanvarda yo'l chetida binafshaga ko'zingiz tushib qolsa ajablanmang.Chunki bu o'lka tabiati ana shunaqa. Xollandda ham bahor fasli albatta uygonish fasli bo'lib atrof o'zgacha go'zallik kasb etadi.Qushlar chuguri quyuqlashib,issiqtalab giyoh hamda gullar er yuzini qoplay boshlaydi.Lekin Xolland bahori qanchalik fusunkor va jozibali bo'lmasin,O'zbekiston bahoriga teng kela bilmaydi.Chunki bu erda ham bodom gullasada,bu erda ham atirgullar barq urib tursada ularning ifori O'zbekistonnikiday emas.Keyin, bu o'lkada O'zbekistondagi kabi qaldirgochlar yo'q.Ular o'zbek xonadonlariga,uy ayvonlariga in qurgan kabi xotirjam uchib kelib oshyon qurishmaydi. Yana bir kuzatganim,Xollandda ham qo'y-qo'zilar ko'p.Lekin ular O'zbekistondagi kabi junlari jingalak,dumbalari so'lqillagan emas.Qo'zichoqlari esa O'zbekistondagi kabi dikirlashib chopmaydi.Qosh-ko'zlari tugmaday,rangi tim qora emas.Eng ajblanarlisi bu erdagi qo'zichoqlar yo qo'y,yohud sigirlarinida ovoz chiqarib ma'rab yo mo'rashini eshitmaysiz. Qizlari esa ayrimlari sochlarini chiroyli qilib o'rishadi,lekin tolpopuklar taqishmaydi,qo'llariga sun'iy bo'yoqlar surishadi,lekin xinolar qo'yishmaydi.Qoshlariga o'smalar qo'yishmaydi.Xolland xonimchalari ko'zmo'nchoqlar taqishadi,lekin ifori har qanday kishini mast qiluvchi qalampirmo'nchoqlar taqishmaydi. Xollandda doshqozonlar qurilib, sumalaklar pishirilmaydi,alyorlar aytilmaydi.Ko'cha-ko'ylarga zeb berib kelinchaklar ,ko'rk qo'shib esa kuyovto'ralar yurishmaydi... Xullas O'zbekiston bahori Er yuzidaggi hech qaysi bir go'shada bo'lmasa kerak. To'gri emasmi?Lekin Xollandda - hamisha bahor. Rizo Obid.