Bu dunyoda qilgan gunohlaring uchun u dunyoda javob berasan, deyishadi.Lekin gunohlar uchun shu dunyoning o'zida ham jazo yo mukofot olish mumkin. SSSR degan ''buyuk yalangoyoqlar'' davlatiga asos solgan Vladimir Leninning yuziga tarsaki tushirgan,ya'ni sovet imperiyasining parchalanishiga erishib, Nobel mukofotini olgan Mixail Gorbachevning o'zining ham yuziga tez-tez '' tarsaki'' tushirib turishadi. Yaqinda ''gorby.ru'' rasmiy saytini buzib kirgan ozarboyjonlik xakerlar uning siyosati oqibatida 1990 yil yanvar oyida qon to'kilishiga sabab bo'lganligini aks ettiruvchi qizil rangdagi kattakon plakatlarni joylashtirib qo'yishdi. Ko'pchilik unutayozgan Gorbachev siyosati nimalar berdi?Bu savol atrofida bahs-munozaralar to'xtaganday go'yo.Lekin bugun o'zini mustaqil atayotgan davlatlarning yakkahokimga aylangan Karimov kabi jallodlarini kim ''tuqqan''?Gorbachev siyosati emasmi? O'zini Karimov kabilar diktatiga muxolifat lideriman,deb sanayotgan ayrim ''diktatorcha''larnichi?Ularni ham suv yuziga qalqitib chiqargan Gorbachev siyosati emasmi? Hartugul Gorbachev demokratiya,oshkoralik siyosatini boshlab berdi-yu,ammo kommunistik e'tiqoddagi haqiqiy ''qizillar imperiyasini'' yiqita olmadi.Uni yiqishni kelajakka qoldirdi.Ammo afsuski haqiqiy imperiya ildizi chuqurlashib, bugun Karimov singarilarning jinoyatlari mevasini berib turibdi. Bugun bo'lmasa ertaga Karimov ildizi ham qurishi aniq,lekin u boshqa yosh nihollar ildiziga chirmashib ogriq-azob berayotgani achinarli.