O'zbekiston radiosi qulogini burasangiz, bugun ko'p takrorlanib,xitga aylangan quyidagi so'zlar bilan boshlanuvchi ashulani eshitasiz.Bu ashula Navro'z bayrami yaqinlashayotganini...Keling uning avval ikki qatorini eshiting-a,...ey yo'gey o'qingga: Sumalakdan tosh topdim, Mo'jazgina quyosh topdim... Ha,''zo'r qo'shiq-a'',shunday emasmi?Bugun o'zbek xonadonida non qilib egulik bugdoy yo'qku,sumalakdan tosh topmay nima topishsin.To'gri,sumalakka toshlar tashlash urfi bor.Lekin bugdoy bo'lmasa tosh ham bo'laveradi-da.Siz sal kulganday bo'lyapsiz-u,lekin ashulaning xit bo'lishining tagida jon bor.Birinchidan sumalakdan tosh topdim ,deya irgishlayotgan ashulachi bola nima ham ,desin,bugdoy bo'lmagandan keyin.Ikkinchidan sumalakdan quyosh topdim,deyapti.To'grida, Karimov,degan zolim - halqqa qarata: ''nima bo'lsang bo'lib o'l'' qabilida elektr,gaz singari tabiiy boyliklardan benasib qilib, o'ris ogalarga ilinib turganda ashulachi bo'la sumalakka yoqilgan o'rik o'tinga etishganidan quvonib sakraydi-da. Bahor kelib Sherali ''togamiz'' ham do'ppini chambarak qilib qo'ndirib olib,sevgi-muhabbatdan jo'shib kuylamoqdalar.Yaqinda Andijonda nohaq otib tashlanganlar fojeasiga ikki yil to'lishi munosabati bilan ''Ise bobom'',degan yana bir ashulalarini taqdim etmasalar go'rga edi. Xullas ana shunaqa gaplar do'stim.O'zbekiston radiosi qulogini burang, Siz ham,albatta ''Sumalakdan tosh topdim'' ashulasini va Sherali toganing Vatanga muhabbat,Karimovga sadoqat ruhida sugorilgan yallalarini tinglaysiz. Bek.
|