3 mart kuni go'yoki 60 nafarga yaqin o'zbek Qirgizistonning Jalolobod viloyati hududidagi bojxona maskaniga xujum qilib xizmatdagi qirgiz bojxonachilarini kaltaklashgani haqida Fargona.ru sayti gazeta.ru sayti habariga tayanib,ma'lumot beradi.Gazeta.ru saytini o'qisangiz interfaks sayti xabariga tayanadi.Interfaks yana allaqaysi saytga... Aslida Jalolobod bojxona maskanida nima bo'lgan? Biz O'zbekistonning Namangan viloyatiga shimoliy tomondan qo'shni bo'lgan Jalolobod viloyat Oqsuv tumani Rinjit qishlogidagi bojxona yonboshida yashaydigan o'zbek oilasi sohibi bilan boglandik. O'zi nima bo'ldi, so'raymiz undan.Arzigulik yo shov-shuv ko'targulik hech voqea bo'lgani yo'q.Xar doimgiday Qirgiziston tomonga mardikorlikka o'tayotgan o'zbeklarning pasportlarini tekshirishayotganda kayfi taroq qirgiz bojxonachisi yiqilib,burni qonagan,buni ko'rgan uning hamkasblari mardikorlarga ''senlar qildilaringmi'',deb o'shqirgan.Sherigi,'' yo'q ular emas,o'zim yiqildim'',degach jaxli chiqqan bojxona xodimi yonida pasporti bo'lmagan o'zbek mardikorlarini ortga qaytarib yuborgan.Xar gal esa pasporti bormi,yo'qmi o'tib ketavergan mardikorlar bu gal o'ta olishmagan,natijada tirikchiliksiz qolishgan.Hamma bo'lgan gap shu,deydi Qirgizistonda yashaydigan millatdoshimiz. Endi o'ylanib qolasan kishi:bu kabi ishonchsiz axborot tarqatish kimga kerak ekan-a? O'sh fojealariniku o'sha paytda SSSR KGB si sahnalashtirgan edi.Yana ora-chora ikki millat orasiga shu kabi xabarlar bilan guluv solishdan endilikda kim manfaatdor ekan?Yo yuqoridagi nomlari aytilgan OAV lari bunday ma'lumotni qaysi manbadan olishdi ekan?Yoki o'zbek mardikori qurolli qirgiz bojxonachisi burnini qashqa qilgani rostmikan?Kimga yo nimaga ishonishni ham bilmaysan...