Ризобек Понедельник, 2025-07-28, 23.17.14
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 5 » 2.AVLODIMIZ
    02.09.33
    2.AVLODIMIZ
    Haqiqatan ham o'z yaqinlaring to'grisida yozish biroz qiyin ekan.Ayniqsa o'z otasi haqida qalam tebratish kishidan o'ta katta mas'liyat talab qilishini his qilyapman.Nima bo'lganda ham dadam haqida yana hikoyamni davom ettiraman.Chunki yodga olsa ,faxrlanishga arzigulik voqea-hodisalar ko'p bo'lgan ekan.
    Garchand ot bilan bogliq fojea ro'y berib,dadam ota-onasiz qolgan esada, baribir otga mehri baland edi.Bu qon bilan kirgan bo'lsa kerak,deb o'ylayman hozir.Dadam nafaqaga chiqqanlaridan so'ng hukumat tomonidan berilgan otni qaytarib olishdi.Dadam esa bozordan uloqqa chopsa bo'ladigan zo'r ot sotib oldi.
    O'zbekiston mustaqil bo'lgach esa uni boqish qiyin bo'lib qoldi.Shu bois xonadonimizdagi oxirgi ot 1995 yilda sotib yuborildi.
    Dadamning hozir ko'ksiga tushgan oppoq soqoli bor.Lekin agar soch-soqolini qirtishlatsa bizni yonma-yon ko'rganlar ota-bola emas aka-uka,deyishi aniq.Menku hali 50 yoshga etmadim,lekin 50 kiloli un xaltani ko'tara olmayman.Dadamlar esa men mashinada yuklab kelgan bir qop unni hozir ham dast ko'tarib,hovlimizga qo'ltiqlab kirib keta oladilar.Keksalik ziynati hisoblangan asolarini esa ko'chaga otlanib ketayotganlarida ko'p bor yoddan chiqaradilar.Aslida unga ehtiyoj yo'q.
    Dadamni hozir topaman degan kishi ko'proq 12-15 yoshli o'smirlar bilan muzqaymoq eb o'tirgan joylarda yoki choyxonada qishlogimizning yigitlari to'planadigan sinfdoshim Saidikromning choyxonasida uchratishi mumkin.Sochlariga oq oralagan esada hali biror tolasi to'kilmagan.Sinfdoshim Saidikrom bilan ikkovlari jo'ra-qadrdon.
    * * *
    DADAM SHOGIRDLARI

    Aslida dadam shogirdlari,desam unchalik to'gri bo'lmaydi,chunki ularning ko'pchiligi to oyoqqa turguncha biznikida yashashgan.Dadam o'zlari ota-onasiz o'sganlaridanmi,beva-bechoralarga boshpana berib, mexribonlik qilar edilar.Lekin ularning hammasi ham bechora emas edi.
    Masalan,otasi bizning Kalisho qishlogida birinchi ''yacheyka'' bo'lgan Toshturgun Ergashevning otasini ham o'ldirib ketishgan.Onasi esa ogir zamonligidanmi uni tashlab allaqayoqqa ketib qolgan.
    Ha,aytganday Toshturgun Ergashev kimligini aytmabman.U hozirgi Namangan muhandislik-iqtisodiyot oliygohi rektori,texnika fanlari doktori,professor.Unga rektorlikdan bo'shab shahar hokimi bo'lishni aytishganda rad qilgan ekan.Ancha jabr tortdi bechora...
    Yana bir shogirdlarimi yo safdoshlari,balki hamkasblar desa bo'ladimi,harqalay dadam kolxozga raislik paytda agronom bo'lib ishga kelgan Botirali Jo'raboevich Hakimov,degan odam.1990 yillarda obkom binosini egallab olgan Toxir Yo'ldoshev boshchiligidagi ''Islom lashkarlari'',deb atalgan guruhga etarli qarshilik ko'rsata olmay, rahbar sifatida bo'shlik qilgani uchun ishdan olingan obkom 1-kotibi edi.U mening nazarimda viloyatdagi nisbatan eng demokrat rahbar bo'lgan edi.
    Yana biri Oliy Majlisga raislik qilgan Mirzaolim Ibrohimov.
    Unga dadam:''sen boladan,dehqon chiqmaydi'',degan ekanlar.M.Ibrohimov:''ha,meni komsomol ishiga o'tkazib yuboring''',deya o'tingan ekan.U tuman,viloyat komsomol tashkilotlarida,''obkom birinchi kotibi'' va yana allaqaerlarda,allaqancha lavozimlarda ishlab oxirida qishloqqa qaytgach,odamlar orasida yurolmay yana Toshkentgami allaqayoqqa ketib qorasini ko'rsatmay ketdi.Dadamning aytganlari rost chiqdi.U dexqon bo'lolmadi.
    Endi shogird,hamkasblari haqida yozaman,desam oh-hov allaqancha.Lekin,yana o'rni kelsa ayrimlari haqida aytarman.Hozircha nuqta...

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz