Agar men hayotda zargar bo'lolsam, Sendan soginch tumorini yasar edim dil. Tumorga yashirin mitti gavharni, Faqat ko'ngli olov bilardi ey,dil. Soginch tumorini ko'ksimga bosib, Har dam,har zamonda o'pib qo'yardim. Ishqim sirlarini hech kima aytmay, Faqat yuragimdan uqib qo'yardim. Hijron onlarining zahmatlarini, Senga bildirmasdan o'zim yutardim. Men seni sevaman,deya aytmayin, Kelmasang ham faqat seni kutardim. Ko'zimda tumorday tomchi yosh qalqsa, Aytgin dil yuzingni yuvsa bo'larmi? Seningsiz ko'ngilga dunyo sigmaydi, Aytgin dil quchoginda o'lsa bo'larmi?... Bek
|