Ризобек Пятница, 2024-11-15, 02.12.30
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 3
    Гостей: 3
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Март » 5 » Nemislar yurakdagi chin gapini aytyaptimi?
    16.45.06
    Nemislar yurakdagi chin gapini aytyaptimi?
    Germaniya emishki O'zbekiston hukumati bilan muloqotlar olib borish uchun Evropa Ittifoqi tomonidan o'rtachi etib tanlangan emish.Rostdan ham shundaymi?Ular Karimov qarori bilan xuddi AQSH kabi haydalishdan va shu asnoda O'zbekistondagi mavjud iqtisodiy manfaatlaridan quruq qolimaslik uchun tirishishmayaptimikan?
    Bu savollar kishini javob berishda biroz o'yga toldiradi.Aftidan Rusiya bilan quyuq munosabatlar o'rnatgan Germaniya gaz ta'minotida uzilishlar va uning narxining ko'tarilib ketishidan cho'chib,''hamyonini'' ko'proq o'ylayotgan xasis muysukni eslatadi.Buni Putin Germaniyaga rasmiy safar chogida ''Putin o'zimizning odam'',deya shodlik bilan kutib olganidan ham bilsa bo'ladi.Vaholanki bugun O'zbekistonni Karimov Putin ixtiyoriga topshirib uning egasiga aylantirgan.O'zbeklardagi ''do'sting kimligini ayt,men sening kimligingni aytaman'',deyilgan ibora ayni o'rinda Olmoniya+Rusiya+O'zbekiston rasmiylariga tegishliday.
    Karimov 20 yilga yaqin vaqt ichida butun dunyo jamoatchiligini aldab kelayotganini nahotki nemislar bilishmaydi.Bilishadi,lekin bilmaslikka oladilar.Lekin birgina Germaniyaning hohishi Evropa Ittifoqi qabul qilayotgan qarorlarga ta'sir o'tkaza olmasligini bilgan olmonlar go'yo o'zlarini O'zbekiston EI o'rtachisi va Karimov rejimining o'zgarishiga hayrihohday ko'rsatishga urinishmoqda.Aslida O'zbekistonga nisbatan Germaniyaning hayrihohligi ko'proq iqtisodiy maqsadlarda namoyon bo'lmoqda.
    Kunora O'zbekistonning noqonuniy Prezidenti,diktator Karimov hukumati bilan goh telefon,goh elchilari orqali bazmi jamshid qurayotgan olmonlar ziyofatni quyuqlashtirish bilan diktatorni qo'llab quvvatlashmayaptimi?
    Olmon rasmiylari O'zbekistondagi inson huquqlari ahvoli yahshilanib,repressiv siyosatni boshahstirilishiga erishish uchun sabr qilish kerakligini uqtirishmoqda.Axir o'zbek halqining sabr kosasi qonlarga to'lib ketdiku.Ichimdan o'tganini o'zim bilaman,deganlaridek olmonlar yuraklaridagi chin gapni aytishayotganiga shubha bor,O'zbekistondagi ahvol o'nglanishiga olmon davlati singari sabrga undovchi siyosatdon rasmiylar bor ekan hali-veri yahshi kunlarga etishish orzu bo'lib qolaveradiganga o'hshaydi.O'zbekistondagilar hurlikka erishishi esa Evropa mamlakatlari xususan Olmoniya uchun qulay emasday tuyulyapti.
    Bas shunday ekan, o'zbek halqining o'z hohish-irodasigina chin ma'nodagi ozodlikka eltishi mumkin holos.
    Bek.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz