Ризобек Четверг, 2025-11-13, 22.01.09
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 5 » Besh qo'l barobar emas
    20.54.20
    Besh qo'l barobar emas
    Keyingi paytlarda Andijon fojeasidan so'ng ko'pchilik,jumladan o'zim 'ham ''akromiy''lar ,deb atalayotgan guruh to'grisida anchagina maqolalar yozdik.Millatimiz shunday dono millatki, uning har bir aytgan so'zi hikmatlarga to'la.
    Sarlavhada aytilgan gap ham,ya'ni ''besh qo'l baravar emas'' iborasi ham o'zbeklarda ko'p ishlatiladi.Bu iborada barmoqlar nazarda tutilib, besh qo'l barobar emas ,deyilganda insonlarning hammasi ham bir hil hulqli emasligi,turfa tavsifli ekanligiga ishora qilinadi.
    Endi ''Akromiylar'' guruhiga mansub,deyilayotganlar ham barchasi birday emas.
    Men,o'zim ko'rgan,bilganlarim xususida ikki ogiz umumiy tarzda so'z aytmoqchiman.Ularning ba'zilarini bu aytgan mulohazalarimdan ozgina badanlarida ter tepchishi ham mumkin.Chunki o'zlarini halol,birovning haqqidan qo'rqadigan qilib ko'rsatishga urinishlari vaqt o'tishi bilan aslida unday kishilar sirasiga kirmasliklarini oshkor qilib qo'yadi.Buni ularning o'zlari ham fahmlashmaydi.Chunki ular garchand hammalari besh vaqt namoz o'qishlari,har ikki so'zning birida xudo deb turishlariga qaramay, ba'zan moddiyot oldida ojizliklarini ko'rsatib qo'yishadi.Bu mening shaxsiy kuzatuvlarim asosida paydo bo'lgan fikrlarim.
    Masalan,ular yana o'sha o'zbekcha ibora bilan aytganda ''tiyinning ustida do'mbaloq oshadiganlari'',so'zi bilan qilayotgan amallari tafovut qilishi yoki ''olarda kirar jonim,berarda chiqar jonim'' qabilidagi xususiyatlarga ega ekanliklariga guvoh bo'lganimdan afsusdaman.Chunki, o'sha besh qo'l yo besh barmoq singari teng bo'lmagan ''akromiylar'' deyilayotganlar ham o'zimizning millatdoshlarda.
    Yana ota-bobolarimizning inson xususiyati tavsifiga bogliq so'zlarga murojaat qilsak sira yanglishmaymiz.Ularda tuturuqning yo'qligi.Bir yumushga tez kirishib,fikridan tez qaytish bugungi ko'pchilik millatdoshlarga xos bo'lgani kabi tuturuqsizlik ''akromiylar''ga ham xosday.
    Tez-tez u yo bu tanishimdan ''anovi ''akromiy'' O'zbekistonga ketaman,deyayotibdimi ,deb so'rab qolishadi.Men keyingi paytda,mujmalroq javob beradigan bo'lib qoldim bu kabi savollarga.Chunki,ulardan ayrimlari Vatanga qaytishga taraddudlanishganida o'zim bilgancha maslahatimni berdim va bu haqda avvalroq OAV orqali maqola va murojaatlar qildim.
    Endi ularning Vatanga qaytish sabablarini so'ralganda ''o'zbekchilik'',deya javob berishlari tuturiqsizlik belgisi,deb bilaman.Tuturuqsizlik esa sotqinlikdanda havfli,menimcha.Chunki tuturuqsiz,subutsiz kishi hech narsadan tap tortmaydi-da.
    Lekin yana bir bor ta'kidlamoqchimanki ular orasida ham besh qo'l barobar emas,deganlaridek,qat'iyatlilari ham yo'q emas.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Moderator
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz