O'zbekistondaligimda muxolifatdaman,deganlarning ko'pchiligi bilan suhbatlashganman.Ayrimlarining balandparvoz gaplariga uchib ichimdagi zulmga qarshi to'lib yotgan dardlarimni to'kib solgan kezlarim ham bo'lgan.Eng ishonchliga o'hshagan kishiga:''shu o'zbekning peshonasidagi sho'rni yuvish uchun ,anavi Karimov,deganning dumiga chelak boglab taxtdan quvish uchun nima qil,deyishsa tayyorman'',deb uning eshigidan sal nari ketmasimdan mirshablar tutib ketgan hollar ko'p bo'lgan.Ayrimlari esa ,''mana bu ukaxonimiz,juda azamat yigit,o'zi qishloqdan'',deb biror kishi bilan tanishtiradi.Oradan bir hafta o'tmay boyagi tuzum muholifi tanishtirgan kimsa Militsiyaning jinoyat qidiruv yo terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining ''kattakoni'' bo'lib chiqadi.? Tanishtirgan kishisi haqida muholifga ''anavi siz tanishtirgan tadbirkor''deganingiz,militsiya xodimi ekan,mana meni qamoqqa olib kirib ketyapti,''deya unga xabar etkazsangiz.Muxolif:''voy yaramas,gaflatda qolibman,bilmas ekanman'',deydi. Bunday hodisalar boshimdan ko'p o'tdi.Meni ''ha,ha, to'gri aytasiz'',deb jon qulogi bilan eshitib,gapimni ma'qullab turgan kimsa o'zimga qarshi ''bu,galamis''deb ko'rgazma beradi?! Yo,alhazar,kimga ishonib,kimga dardingni aytsang bo'ladi? Hammasi,desam noto'gri bo'ladi.O'zini ziyoli sanagan ko'pchilik bugun yo qo'lidan hech narsa kelmasligidanmi,yo zo'r-bazo'r qo'l uchida tirikchilik qilayotganidanmi,yo yana ko'p sabablar bilan zulm qarshisida ojizligini yaqqol ko'rsatayapti.Ko'chaga chiqib baqiray,deganiyam,hayolidan o'tkazib ulgurmay avahtaga tushyapti.Bu Karimov,degan jallod millatning sho'ri bo'ldi.Odamlar zulm nohaqligini bilib turibdi,lekin uniing tomirini sugurib olish uchun,qo'lida na ma'naviy,na moddiy imkoniyati bor.Ko'pchilikning tilini oz-ozdan firib bilan qo'shib,qisib qo'yilgan.Masalan,qishlogimizdagi tarix fani muallimmimiz ''xa,uka nimasini aytasiz,kichkina do'koncham bor,unda ayrim mollarni soliqchidan yashirib savdo qilaman,shunday qilmasam,foyda yo'q,tirikchilik esa ko'p jonli oilada to'xtasa nima qilaman'',deydi. Bilasizki,qishloq joylarida eng siyosiy ilgor kishi maktabning tarih muallimlari bo'lishadi.Ko'p yil maktabga direktorlik qilgan,qishlogimiz tarih domlasi shu ahvol bo'lgandan keyin,qolgan 10 mingga yaqin undan haqiqatni eshitishi,yo'l-yo'riq olishi kerak bo'lgan odamlar nima qilsin.''Shundoq katta domla,indamay yuribdilarki,demak biz bir narsa desak bo'lmas'',deya o'y o'ylaydi-da. Kamina O'zbekistonda yurgan kezlarida hozir aytayotgan gaplarning mingdan birini ham ayta olmaganman. Eng,o'zicha siyosatdan bilimdon hisoblaydigan, poytaxtda yashaydigan hamkasbimiz Dilmurod Sayyidning xatini ham shu sahifa orqali e'lon qildik.U :''siyosatdan sal nari,adabiyotga sal beriroq e'tibor qilsangiz'',degan mazmunda maslahat bergan. Ha,endi bunisiga nima,deysiz?Uf tortib qo'yasizda. O'zbekiston televideniesida ishlaydigan Iqbol Mirzo,degan bir ''shoir'' bor,bo'lgandayam ''halq shoiri''.''Assalom,O'zbekiston'' dasturi bosh muharriri edi(hozir bilmayman).O'sha Gafur Gulom 100 yilligi yubileyida she'r o'qidi.She'rining ichida ''Islom otam'',degan jumlani juda chiroyli qistirgan edi,Karimov uni quchoqlab,bagriga bosdi.Oradan hech qancha vaqt o'tmay ''halq shoiri'' unvoni oldi.U bilan u er bu erda ko'rishib hol-ahvol so'rashib turardik.U har gal ''padaringga la'nat Karimov'',deb yurardi.Unvon olgach ittifoqo yana ko'rishib qolib:Iqboljon bu Karimov quchoqlab siz ham rasvo bo'ldingiz,desam,u menga: ''Rizo aka sizni davlat dushmani,deyishypti,siz shunaqa odammisiz,bilmas ekanman,''deb tez qochib qoldi.Uning ortidan : ''ha,hayriyat,seni odamlar halq dushmani,Karimovning qo'girchogi,deyapti,men harqalay halq emas,davlat dushmani ekanmanku'',deb qoldim.U ishshayib qo'ydi. U o'zicha nima o'yda ekan?... Ey,xullas aytaman,desam gap ko'p.To'grisini aytsam, zulimga qarshi kurashga birlasholmayapmizda,nima qilaylik?Ahvolimiz chatoq.Millat ahvoli bizdanda chatoq.''Yor harob,men yordin harob'',deganlaridek.