Yozayotganlarimni qayta ko'zdan kechirib,sarlavhani ''Avlodimiz'',deb qo'yganimdan keyin,Onamiz avlodlari kim bo'lgani haqida ham yozishim kerak ekan,degan fikrga keldim.Ehtimol keyinchalik mavridi kelsa dadam haqida hikoyalarimni davom ettirarman. Hullas bu gal onam haqida yozmoqchiman. * * * ONAM Onam Obidova Salomathon Jo'raho'ja qizi 78 yoshlarida vafot etdilar.Dadam bilan 60 yil birga yashashdi.3 qiz, 3 o'gilni uyli-joyli qilgach,hozir 100 dan ortiq nevara-chevaralarining orzu-havaslarini to'la ko'rmay olamdan o'tib ketdilar. Men,onam vafotlaridan keyin salkam 40 yoshimda bolaligim tugaganligini his qildim.Ungacha kenja o'gilligimdanmi,ota-ona bir umr yonimda bo'lmasligi haqida o'ylab ham ko'rmagan ekanman. Ha,aytganday onamning bobosi Sa'adbuva,degan kishi bo'lib,katta er egasi ekan.Hozir ham qishlogimizdagi juda katta er maydoni u kishi nomi bilan bogliq.U kishidan katta bog qolgan bo'lib,hozir bizning hovlimiz,o'sha bogning bir bo'lagi.Sho'ro bogni tortib olib,dastlab kolxozga,keyinchalik qishloqdagi maktabga tajriba uchastkasi qilib bergan,hozir esa bu bog o'rnida odamlar uy-joy qurishgan.Ikki asrdirki harqalay bobomning otasidan qolgan bog odamlarga naf keltirib turibdi.Yahshi erni Svetsariya bankiga joylab bo'lmas ekan,bo'lmasa anov Karimov,degani allaqachon O'zbekistonning hamma erini o'sha bankka yashirib qo'yarmidi? Ha,uzr gap boshqa yoqqa qarab burilib ketib qolyapti.Hozir anov Rusiyaning Prezidenti bo'lgan Eltsin dala hovlisining hujjatlarini yo'qotib qo'yib, kimga vasiyat qilayin ekan,deb qayta rasmiylashtirish bilan hunob ekan,o'sha yodimga tushib ketib,Karimovga ham 2 metr er nasib qilarmikan ,deb o'y olib qochibdi.Yana bir bor uzr. Ha,onamizning otalari Jo'raho'ja bobo bir kun xam kolxozga xizmat qilmagan odam.O'ziga qarashli temirchilik arteli bo'lardi.1970 yillarda buzib tashlashdi.Hozir uning o'rnida qishlogimizning jome masjidi qad ko'targan.Jo'rahoja bobomning ko'p kasb-hunarlari bor edi.Shu bois u kishini ''usta Jo'ra'' ham deyishardi.Hozir bobom yasagan dutor yodgorlik bo'lib qolgan.Ov miltiqlari ham bo'lib, u xolamning o'gliga qolgan edi.Noqonuniy qurol saqlagan,deb bechora 4 yil qamalib chiqdi. Bobomning tarixlari uzoq.U kishini mardikorlikka olib ketishgan, 3-4 yildan keyin kelgan ham,deyishadi. Bobomning asli uruglari So'gdiya Arabistonidan,deyishadi.Bu gapga sal ishonsa bo'ladigan tomonlari bor.Chunki 2000 yillarda Sulton Vaysul Qaran qadamjo -ziyoratgohi,deb ataluvchi,sovet davrida esa Baliqliko'l dam olish maskani,deb qayta nomlangan hududda bobomning singlisi Tursunxon opoqining o'gillari Eshondadaxon Hoji shayhlik qilardi(2000 yilda u tabarruk zot olamdan o'tdilar).Endi Sulton Vaysul Qaran Buva haqida ko'p tarixiy asarlar yozilgan.Sho'ro Eshondadaxon togamizni ham ''sen dindor'',deya ancha qiynadi. Shu o'rinda endi Sulton Vaysul Qaran (hozirgi Baliqliko'l),deb atalayotgan qadamjo haqida shu kunlarda bo'layotgan gap-so'zlar haqida ikki ogiz aytib o'tmasam bo'lmas.Zero onajonimiz haqida yozar ekanman,garchand u kishi hayot bo'lmasalarda ruhan bu maskan bilan bogliqlar,deb o'ylayman. Hullas,So'gdiya Arabistonidan yaqinda (5-6 yil avval)bir hushhabar keldi.O'sha mamlakat poshshosi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimovga ''Sulton Vaysul Qaran,degan joy bor,deb eshitdim,o'sha joyga bizning bobokalonlarimizdan bir kishi dafn etilgan ekanlar,o'sha ziyoratgohni obodonlashtirish ishlariga '',deya katta mablag ajratibdi.Bu habar qishlogimizda katta shov-shuvga sabab bo'ldi.Ziyoratgoh yaqinidagi Iskovot qishlogidagi keng maydonda viloyatdagi eng katta halqaro aeroport qurilishi haqida gaplar bo'ldi.Lekin bu ish haliyam kun tartibidan tushmagan esada hozirgi viloyat hokimi Ikromhon Najmiddinovdan oldingi hokim To'lqin Jabborov boshqa ko'pgina mablaglarni jigildoniga urgani kabi ziyoratgoh va aeroport qurilishi uchun So'gdiya Arabistonidan ajratilgan mablagni ham gum qilib yuborgan ekan. Tugilgan joyi Iskovotlik Ikromhon Najmiddinovni Karimov go'yo '' u joy sharoiti to'gri kelmas ekanligini osha joylik hokimimiz aytayapti'',deb So'gdiyaga bahona aytish uchun qo'ygan degan gap tarqadi.Lekin Ikromhon aeroport qurish ishlarini chalaroq boshlab qo'ydi.Endigi bahona ''mablag etmay qoldi'',deb yana u yoqdan pul undirish bo'lsa kerak.Hullas bu Karimov singari yalangoyoqlar necha yil,necha zamonlardan buyon o'ligimiz-u tirigimizni gajish bilan ovvora,demoqchiman. Ey,uzr yana gap boshqa yoqqa qarab ketib qolyapti.Nima bo'lganda ham boshda aytganimday yana dangasaligim tutdi.Yo, bilmadim.Keling,yahshisi keyingi gal qolganini ehtimol yozarman.... Rizo Obid.
|