Ризобек Понедельник, 2025-07-28, 22.17.46
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 10 » PARCHALANISH
    12.12.35
    PARCHALANISH
    Bu so'z o'tgan asrga aylangan 90 yillar yoni-verida ko'p ishlatildi.Ya'ni, o'shanda goyat katta sovet imperiyasi o'z-o'zidan emirilib,tabiiy ravishda parchalandi.Albatta bu o'rinda o'shandayoq chindanda mustaqillikka erishishni istagan Boltiqbo'yi mamlakatlarining tutgan yo'li alohida e'tiborli.Keyin esa emirilib bitgan tuzum to'llaligicha tanazzulga etdi.Lekin hozir SSSR parchalanishi xususida gapirmoqchimasman.Faqat hozir aytmoqchi bo'lgan hodisalar boshlanishi o'sha davrga borib taqalishi bois gapni o'sha vaqtdan boshladim.
    Darvoqe, o'sha paytda muxolifat uchun zo'r imkoniyatlar davri bo'ldi.Lekin afsuski undan foydalana bilmadik.Aksincha SSSR parchalanishining davomi o'laroq murgak,suyagi qotib,dunyo yuzini ko'rishga ulgurmagan o'zbek muholifatida SSSR kabi parchalanish jarayoni davom etdi.Xukumat shu maqsadni oldiga qo'ygandi va bu maqsadiga afsuski qoyilmaqom tarzda erishdi.
    Ota-bobolarimizdan qolgan ''kuch birlikda'', deyilgan so'zga yuz o'girdik.Hozir muxolifat bo'linishi,parchalanishi davrining hamma taasurotlarini qalbni zirqiratib bir boshdan eslatib o'tmoqchimasman.Chunki bu haqda juda ishonarli qilib bir emas,o'n emas,ko'p bor yozildi.
    ''Otdan tushsa ham egardan tusholmay qolgan'' liderman ,deganlar taqdiri ham ayanchli.Ular birlashish uchun emas umrlarining so'nggi damigacha parchalanishni davom ettirishadi nazarimda.Shu fikrimni yolgonga chiqarib agar qo'lni-qo'lga berishsa avval ham aytganimdek istalgan paytda uzr so'rayman.
    Agar qiyoslaydigan esak barmoqlarimiz titrashib musht bo'lolmayotgan falaj holatni eslatadi.Siyosatda ham bu ibora ishlatilardi nazarimda.Ha,o'sha falaj holatni eslatadi.
    Yangi-yangi tashkilotlar atrofida birlashish uchun chaqiriqlaru baqiriqlar kun ora yangrab turibdi.Ehtimol kun sayin menga o'hshsagan erinmagan kishi uchta jo'rasi bilan bir bo'lib bir firqaga asos solyayotgani yahshidir,lekin maqsad nima,degan savol tugiladi.Lekin firqalar hammasi mavjud hukumatga alohida-alohida ezgilab turishga juda qo'l kelyapti.O'zimizning qo'limiz bilan o'zimizning yuzimizga shapati urib turibmiz.
    Bo'linish,parchalanish jarayoni tez sur'atlarda davom etmoqda.Kamina O'zbekistonda 10 ga yaqin mustaqil OAVni ro'yhatdan o'tkazishga harakat qildim,shulardan 2 tasi ro'yhatdan o'tkazilib, 2 soni chiqqach yopib qo'yildi.Biror kishi ''nima bo'ldi'',''nima yordam kerak'',degan yo'q.To'grisini aytganda men ham yordam so'raganim yo'q.Menga faqat ma'naviy yordam kerak edi.O'shani ham hamfikrman,deganlarda darig tutishdi.
    Nega buni eslayapman.Chunki bu ham bo'linishning bir ko'rinishi aslida nazarimda.
    Buni yuqoridan ko'rib turgan xukumat esa oraga shayton malaylarini kiritib,xoxlagancha o'yin qilmoqda.Biri oradan kimligi fosh bo'lib chiqsa,boshqa bittasi kirib kelaveradi.
    Xullas afsus bilan aytish joizki parchalanish davom etyapti.Kishi o'yga tolasan,DO'K raisi Jahongir Mamatovning zehniyat jumbogi bilan tanishar ekanman,uning o'zi avvaldan aytib kelgan so'zni aytmoqchiman.Faqat birlashish kerak.Hoh ichkarida,hoh tashqarida bo'lsin birlik bo'lmas ekan hamma urinishlar befoyda bo'lib qolaveradi.Parchalanish esa bugungiday davom etib,tirqirashib yurilaveradi.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz