Ризобек Суббота, 2025-06-21, 09.20.37
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 11 » Karimovning nayranglari...
    01.23.59
    Karimovning nayranglari...
    Karimovning nayranglari,deb uch nuqta emas ming nuqta qo'ysa ham kamlik qiladi.Chunki bu odam salkam 20 yildan beri ishlatib kelayotgan hiyla-yu-nayranglarining cheku chegarasi yo'q.
    Maqolalarimda uni dushmanim,deb yozsam,darrov tarafkashlari paydo bo'ladi.Yana takror aytaman.Karimov o'zining gayriinsoniy harakatlari bilan birgina mening emas,balki insoniyatning dushmanidir.Agar kim bu so'zimni noto'gri,deb rad etsa,demakki uning sherigi hisoblayman.Ayrim aqllilar bugun Karimov hukumati bilan kelishuvga erishish kerak,degan chaynalaverib nimhushtasi chiqib ,shiltaga aylanib ketgan suyuq gapni ko'pchilikka edirishga urinadi.Demak u aqlli Karimovning no'kori.Bunday no'korlardan hushyor bo'lish kerak,deydi tanishlarimdan biri.Uning nimasidan hushyor bo'lish kerak?U no'korlikka tugilgan,no'kor bo'lib joni chiqadi.Bunday no'korlarning orqasiga uchi uchlik etik bilan tepish kerak.Tamom, vassalom!
    Karimov har kun o'rniga yotar ekan ''ertaga qanday nayrangni boshlasam ekan'',deya o'y o'ylasa ajab emas.Mana borgan sari saylov bo'lishi kerak, degan gap kuchayib boryapti.Kimdir ''qizi Gulnorani voris qilib qo'ysa kerak,desa,boshqa biri esa Mirziyoev bo'larmikan'',deb o'z taxminlarini aytyapti.Unisi ham,bunisi ham va boshqasi ham bo'lmaydi,menimcha.Nega deysizmi?
    Chunki bugun hali u,hali buni bahona qilib,Andijondagi hunrezliklari uchun jazosiz qolishga erishib olgan Karimov endi Rossiya bilan ham munosabatlarni taranglashtira boshladi.Chunki unga go'yo Tohir Yo'ldoshni tutib beraman,degan davlatlar,''o'lja'' evaziga yaqin ittifoqchilikni taklif qilishyapti.
    Rusiya bilan ipni uzishga,o'zaro ''muhabbat''ning sovushiga erishish uchun Karimov yangi nayrang o'ylab topgan ko'rinadi.Chunki Rusiya ham halqaro qonunlarni chetlab o'tib,Karimovni umrbod taxtda qolishini ta'minlay olmaydi.Shu bois Karimov umrbod poshsho,ya'ni o'lguncha poshsho bo'lish uchun,qirollik,shohlik joriy etilgan mamlakatlarga yuzini tutishi kerak.O'shanda u Rusiya va boshqa davlatlarga go'yo iqtisodiy qaram bo'lmayman,deganday yuz o'girgan bo'ladi.Buning uchun bugun ozgina gapning uchini chiqarib qo'ydi.Bu nayrangboz hali qarab turasiz,''saylov-maylov o'ynamayman,chunki halqim meni o'zingizdan boshqasi yaramaydi,deb talab qilayotgan ekan,men jonajon halqim talabiga qarshi borolmayman'',deb yana o'zi taxtda qolaveradi.Bu mening taxminim.Lekin taxminim xato bo'lib O'zbekistonda chinakam mustaqillik,Karimov istibdodidan hurlikka chiqish bo'lishini istardim.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz