O'zbekistonda Karimov diktati nega yashovchan,degan savol atrofida avval ham ko'p fikrlar yuritdik.Ancha-muncha mualliflar bu haqda o'z qarashlarini ifoda etdilar.Lekin uning o'ta makkorona siyosati tub mohiyati ildizlari shunaqangi chuqurlashib ketganki,uni boltalab,adogiga etish mushkul.Aslidaku,uning tomirlari qaerga borib taqalgani ko'rinib turadi-yu,ammo bizning harakatimiz Nasriddin Afandi o'zi mingan shohni o'zi arralagan kabi taassurot qoldiradi. Karimovning diktatorlik tuzumi hov anavi yoqda qolib ketib,o'zimizning oramizga kirib olganlarning qay biri oq,qay biri qora ajrata bilmay abgormiz. Kamchiliklar haqida aytsang bir balo,aytmasang ming balo.Chunki,Karimovning taxtdagi o'zboshimchaliklarini nari qo'yib turing,o'zimiz,ya'ni unga muholifman ,deb sanovchilarga bir qarang.Endi bir hali yo'q taxtga kurashni(agar kurash,deb atasa bo'lsa)bir zum tindirish yo'q. Avval ham chizgilarimda gohda sha'ma qilib,goh ismini aytmay,goh achinib,goh kuyunib ko'p bor aytdim.Lekin,''boyagi-boyagi,boyho'janing tayogi'',deganlaridek ahvol hanuz o'sha-o'sha. Shundoq ekan,Karimov aytgan buyuk kelajakka ko'z tutib yurilaveradi shekilli. Ayrimlar,''yo'q unday emas,anavindoq ishlarni do'ndirdik,manavindoq ishlarni do'ndirdik'',deb ogiz ko'pirtirib yotishibdi.Quruq qoshiq ogiz yirtgani kabi,quruq gaplar ham behudaga shamolga uchmayaptimi? Tarafkashlarni qo'yavering, oddiy kishilardan so'rang,muxolifatga qanday baho beradi.Muxolifat,deb ogiz ochishingiz bilan ''ey,qo'ying, bittangiz anovi,bittangiz manovimi,nimani qoyillatgan edingizki,endi nima qilib berasizlar,tayyor ogzingizdagi oshni oldirib lallayib qoldilaringku,bas qilsangizchi endi'',deydi. O'sha muholifatni ''bas qilsangizchi'',deb aytgan oddiy kishi haq.Yozayotganlarim kimnidir kamsitish,yoki kimnidir ko'kka ko'tarish emas.Ayrimlar siyosat deganda nimani eslatadi aytaymi?Keling gapni jo'n-soddaroq tarzda aytishga urinib ko'raylik.O'zbekistonda bugun odamlar qorni to'yib ovqat emayotganlari , to'yib non eyayotganlardan kam.Shunday emasmi?Agar O'zbekistondagilarning bugungi turmush tarzidan habardor kishi bo'lsa: ''ha,shunday'',deydi.''Yo'q unday emas'',deguvchilar ham albatta bor.Ana qarang axlatxonani titib yurgan vatandoshlar yo'qmi?Yo'q bo'lsa yo'q,deb ayting.Yo'q deyolmaysiz.Chunki ular ko'p.Tirikchilik uchun quldan battar bo'lib o'zga yurtlarda sarson-sargardon yurganlar yo'qmi?Bor.Yo'q,deb aytingchi?Nima ,demoqchiman,kechirasizu,men siyosatchi emasman,doim ta'kidlab kelganimdek oddiy qalamkashman.Bu o'rinda o'z fikrlarimni aytyapman holos.Ho'sh o'sha boshdagi gap yana ''siyosatchiman,muxolifatchiman'',deyayotganlar ham ayrimlari o'sha axlatxonani titayotgan,yoki hammomning go'lahi kabi taassurot qoldiradi.O'zi bir nimaga zor ahlat titish bilan ovora.Nima emish taxtga o'tirib olsa ana undan keyin hammayoqni gullatib yuborarar ekan.He,yo'q.Odamlar,mayli odamlar,desam yana nega odamlar nomidan gapiryapsan deydiganlar chiqadi,shuning uchun o'zim deya qolay.Shahsan men bunga ishonmayman.Chunki,muxolifatning kattayu-kichik rahbarchalari va daholarigacha ishonchni yo'qotib bo'lgan.Avval ishonchga kiring.Ana undan keyin biz sizni qo'llaylik.Ishonch qayoqda,kun sayin basharangiz yuholigingizni ko'rsatib sharmandai-sharmisor qilyapti.Ammo tan olmaysiz.Tan olgan kuningiz joningiz birga qo'shilib chiqadi.Afsus.Shunaqa achchiq so'zlarni aytgim yo'q .Lekin iloj yo'q.Yuqorida aytganimday ''aytsang bir balo,aytmasang ming balo''.Xatolarni tuzatish kerak.Avval iloji bo'lsa yuvinib -taranib,qorningizni to'ydirib oling,keyin o'zingizga ishontirmoqchi bo'lganlarni qornini bo'lmasayam ko'ngli to'ladigan gapingizni ayting.Bo'sh qop tik turmaydi,deyishadi.Nima, yo siz odamlar qachon ochlikdan dod solib, ko'chalarga chiqib, ko'ksini Karimov o'qiga tutib berishini kutyapsizmi?Shuncha marta ko'kragini ochib chiqqani-yu,o'qqa nishon bo'lgani kammi?Daholik orzusidagi bosh bo'laman,degan zot.Sizsiz ham bir kun kelib odamlar o'z haqini ajratib oladi,lekin unda sizni oshpichoqqa sop ham qilishmaydi.Tamom,vassalom. Allaqaysi zamonda,biror kishini maqtashsa nima gunoh qildim ,deya o'tirib olib yiglarkan,biz esa maqtov eshitsak yayralib,taltayib ketamiz.Kaminani hozirgacha haq-nohaq tanqid qilganlarning barchasidan minnatdorman.Chunki bu tanqidlar hoh to'grisi, hoh noto'grisi qadamimni o'ylab boshishga,xato qilmaslikka sergaklantirib turadi.