Ризобек Пятница, 2024-11-15, 02.30.11
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 30
    Гостей: 30
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Март » 13 » Uzun-qisqa gaplar
    01.03.45
    Uzun-qisqa gaplar
    Kun sayin uzun-qisqa gaplar ko'payib ketdi.Ota-bobolarimiz,o'zbeklar tarixi,adabiyotidan o'qib-o'rganganimizga ko'ra bizning ajdodlarimiz oz so'zla,ko'p ishla ,deb uqtirib kelishgan.Bizchi?
    Bu aytilganlarning aksini qilyapmiz.Ko'p gapirib,oz ish qilyapmiz.Chunki mana ancha yillardan buyon gapiraverib,haligacha bir to'xtamga kelolmayapmiz.Mana bir misol,u yoki bu nashrlarda o'qib qolyapman.''Birdamlik'' harakatining lideri Bahodir Chorievni boshiga ''musht'' tushirib turishibdi.Bizda muxolifatga xos alomat.Safimizga kelib qo'shilib,o'z fikrini,maqsadlarini ayta boshlagan yoshlarni avval qayda yurganding,endi nima qilib berarding,deya qilmoqchi harakatidan,aytmoqchi so'zi-yu ishidan sovuta boshlaymiz.Bunga jonli misollarni ko'plab bilaman.Muxolifat shumidi,deya qancha yoshlar qo'l siltab ketgan.Aytmoqchi bo'lgan gapi bo'gzida qolgandan keyin shunday qiladi-da.Lekin,muxolifatdagi hozir bosh bo'lib turganlarni tanqid qilish bilan oraga suqilib kirvolib boshqalarni chalgitib,ola-bula o'yin qilayotganlar bundan mustasno albatta.Men,chin yurakdan,yangi bir goya yohud fikr bilan muxolifatni quvvatlantirishga bosh qo'shmoqchi bo'lib qadam qo'yayotganlar haqida aytyapman.
    Ular bizdan mulohaza,munozara qilishni,ogir-bosiqlikni,o'z-o'zini tanqid,tanqidni tan olib,kamchilik xatolarimizni qanday tuzatayotganimizdan o'rnak olishlari kerakku.Buning o'rniga yovvoyilarcha munosabatni ko'rib har qanday kishi qochadi-da.Karimov esa ko'ryapsizlarmi,muxolifatchiman,deganlar 1990 yillarda qanday bo'lsa shundayligicha qolgan,ular mavjud xukumatga alternativ bo'la olmaydilar,deb bong uradi.Keyingi paytda ketma-ket muxolifat haqida maqolalar yozib qoldim.Chunki,yurak muxolifatning inqirozini ko'rib turib bezovta bo'lmay,kuyunmasdan qolmayapti.
    Agar biror kishi chiqib,befoyda gaplaringni qo'y desa ham qo'ymayman.Chunki hozirgi zulmdan iborat tuzumga qarshi muxolifat suv bilan havodek zarur.Lekin,uzun-qisqa gaplarga chek qo'yish kerak. Hech bo'lmasa shu gapni bir ovozdan chiroyli tarzda aytishni o'rganaylik.So'kib emas.So'kinib emas.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz