O'z-o'zingni maqtab qol, Oppoqman de,pokman de. Erk so'zini to'n qilib, Yomon ishda yo'qman, de. Degin-degin mayliga, Ammo tan olib aytgin. Tovon yalar kuchuksan, Yaloqho'rlikdir darding. Uyat sendan uyalar, Ko'rsa qochib ketadi. Ogang tovonin yala, Senga maza etadi. Sendaylar bor o'zbekka, Afsus yorug kun yo'qdir. Ammo homta'ma bo'lma, Senga tayyor qul yo'qdir. Bir mahallar sotganding, Chingizxonga halqingni. Go'yo ko'rsatmoqchisan, Bizga endi aqlingni. Maqtan yo maqtanmagin, Seni yahshi taniymiz. Yalangin yo yalanma, Seni sotqin ataymiz. Maqtanib ol umring oz, Qara tugab bormoqda. Quyosh tursin u yoqda, Oying botib bormoqda... Rizo OBID.
|