Ризобек Вторник, 2025-07-22, 07.49.15
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 16 » Tuturuqsizlik
    18.35.27
    Tuturuqsizlik
    Millatimiz har bir so'zni aytishdan avval har tomonlama taroziga solib ko'rib,andisha bilan
    gapiradigan millat.Aytmasam ham yahshi bilasizki,o'z so'zida turmagan,va'daboz,orqa-oldiga qaramay bir qaror qabul qilib,oz muddatdan so'ng undan qaytadiganlarga nisbatan ''ha,u tuturugi yo'q,aytdim-qaytdim,odam'',deb baho berib qo'yishadi.Bora-bora o'sha tuturuqsizga ishonch umuman yo'qoladi.U aytdi nima-yu,aytmadi nima,deya qo'l silkib ketishadi.Mabodo tuturiqsiz odam favqulodda rost gapirsa ham ishonmay qolinadi.Eng yomoni tuturuqsizni bilmagan kishilar undan aziyat chekishlari ham mumkin.Nega tuturuqsizlik to'grisida chizyapman.Chunki yaqinda bir tanishim ko'pchilik o'rtasida ''tamom men undoq emas,bundoq bo'laman'',deya katta ketdi.Lekin ko'p o'tmay qarorini o'zgartirdi.Millatimizda yana bir gap bor:''nonni katta tishlasang ham,gapni katta gapirma'',degan.Nima,demoqchiman,tanishim katta gapirishga gapirib qo'ydi-yu lekin so'zining ustidan chiqolmay tuturuqsiz,subutsizga aylanib yuzi shuvut bo'ldi.Ehtimol bu haqda yozmas edim,lekin uning subutsizligini ko'rgach u bilan aloqani uzdim.U bo'lsa,''nega falonchi men bilan ha-pa qilmay qo'ydiykan-a'',deb so'rayotganmish.Ie,dedim,nahotki o'zining tuturuqsizligini naqd ko'rsatgandan keyin ham men u bilan jiddiy biror masalada muloqot qilishim mumkinligini o'ylasa.Bunisi ham mayli,bu mavzu atrofida mulohaza yuritayotganimning boshqa yanada muhim jihati bor.Bu jihat shundan iboratki Karimov va uning atrofidagilar ham huddi shunday tuturuqsizlar.Ko'p bor takrorlanganidek tuturuqsiz,subutsiz qaysi doirada bo'lmasin ko'p nohushliklar keltirib chiqaraveradi.Bundaylardan menimcha husher bo'lish kerak.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz