...Xollandlar juda hisob-kitobi qo'lida odamlarda. Bizning millatimizda shunday gap bor,biror-bir o'z ishining ustasi bo'lgan kishiga nisbatan '',ja,ustasi farangda'',deb qo'yishadi.Nega desangiz,''chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin'',deganlaridek har bir ishning uddasidan qoyilmaqom chiqishga nima etsin.Bu ibora ehtimol faranglarning uddaburonligidan kelib chiqib aytilgandir. Xullasi kalom, sayohat davomida xollandlarning ''ustasi farang''ligiga yana bir bor ishonch hosil qildik.Albatta bu ijobiy ma'noda. Biz sayohat uchun o'tirgan avtobus Parijga hamma ishdan qaytadigan tigiz paytda kirib bordi.Bilasizki bunday damda avtomobillar qatnovi quyuqlashib,harakat biroz qiyinlashadi.Bu xolland sayohat tashkilllashtiruvchilari uchun ayni muddao.Chunki avtobus go'yo odimlab borayotgan yo'lovchi kabi harakatda bo'ladi.Gid(yo'lboshlovchi esa bu imkoniyatdan to'la foydalanadi)sayyohlarni piyoda etaklab borayotganday Parij haqida istagandan ko'ra ko'proq axborot beradi. Hali oldinda yana bir necha kun Parijni sayr qilish rejalashtirilgan,lekin shaharga kirib bormay turib u haqda ko'p narsalarni bilib oldik.O'zim bilganlarimdan biri esa mashhur frantsuz yozuvchisi Gi de Mopassan (to'liq ismi Anri Rene Alber Gi ).U 1850 yilda Parijda tugilgan.Mopassan bor-yo'gi 43 yil umr ko'rgan,biroq shu qisqa hayoti davomida ko'plab asarlar, ajoyib romanlar yozgan.U o'zining mashhur, ishqiy sarguzashtlarga boy ''Azizim'' romanini manbalarda keltirilishicha 1883-1885 yillari yozgan,deyiladi.Yana kamina bilgan hayratlanarli ma'lumotlardan biri shuki Mopassan bir kitob bo'lgulik asarni 3-4 oy ichida yozib ulgurgan.Bu yozuvchining haqiqatan ham iqtidori naqadar balandligi dalolatidir.''Oy nuri'',''Tun va kun ertaklari'',''Madmuazel Fifi'' singari ko'plab durdona asarlar muallifi Gi de Mopassanning ijodiy faoliyati 1891 yilda uning ruhiy xastaligi bois fojeaviy yakun topdi.Lekin yozuvchi o'zidan jahon adabiyotiga boy meros qoldirib,o'z nomini boqiy etdi. Parijda qanchadan-qancha buyuk kishilar,adabiyot,san'at namoyondalari yashab o'tmagan deysiz.Sanayman,desangiz son-sanogi yo'q.Ularning har biri haqida bir asar yozsa bo'ladi.Lekin bizning asosiy maqsadimiz farang tarihiy shahslarini bilish bilan bir qatorda bugungi Parij bilan qisman bo'lsada yaqindan tanishish. Biz qo'nim topishimiz lozim bo'lgan markazdan o'n chaqirimcha masofada joylashgan ''Ibis'' mehmonhonasiga etib keldik.Sayohatni kelgusi kunlarda davom ettiramiz.